Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
5 kun avval Namangan viloyatidagi shimoliy Farg‘ona kanalida ikki nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 23-iyul kuni 5-6 nafar 15-16 yoshlardagi bolalar Shimoliy Farg‘ona kanalining Namangan tumani Mirishkor mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milishga boradi. Biroq, ulardan ikki nafari suvdan qaytib chiqmaydi.
25-iyul kuni cho‘kib ketganlardan biri To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan o‘lik holda topildi. Yana bir nafari – 2009-yilda tug‘ilgan bola esa qidirilmoqda.
“Joriy yilning 23-iyul kuni soat 13:48 larda 112-yagona dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan ma’lumotga asosan, Namangan tumani Mirishkor MFYda yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro o‘g‘il bolani suv osti va suv osti qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Namangan, Chust va Pop tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlari yong‘in qutqaruvchilari tomonidan suv usti va boshqarma yong‘in qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan suv osti qidiruv ishlari davom ettirilmoqda”, – deyiladi Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabarida.
Jasadi qidirilayotgan bolaning otasi mutasaddilarga murojaat qilib, kanalda suvni kamaytirib berishlarini so‘ramoqda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Endi yuqori sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich sinfdan dars ololmaydi
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida bir kunda uch bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi.
Yangiliklar
Maktab o'quvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi
O'quvchi soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o'ynagani borgan
Yangiliklar
O‘quvchilarning poyezd ustida selfi tushishi qimmatga tushdi
O'quvchilardan birining tanasi 63 foiz kuygan
Eslatma
O‘tgan yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”da cho‘milishga borgan 3 nafar o‘quvchi cho‘kib ketgandi
Qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilishi kerak edi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang