Yangi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ilk bor ko‘rinish berdi
Yaqinda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan E’zoza Karimova tayinlovdan 6 kun o‘tib, ilk bor ko‘rinish berdi.
U kecha, 5-avgust kuni vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati”ni o‘tkazdi.
O‘tkazilgan “Vazir soati”da deyarli yangi tashabbuslar ilgari surilmagan. U o‘zidan oldingi sobiq vazir Hilola Umarova davrida olib borilgan odatiy ishlar yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma berish bilan cheklangan.
Uchrashuvda Pedagogik mahorat markazlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, to‘rtinchi “Ustozlar forumi”ni o‘tkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va taqsimot jarayonlari, pedagoglar ishtirokida o‘tkazilgan diagnostikasi natijalari atroflicha muhokama qilindi.
“Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan an’anaviy to‘rtinchi “Ustozlar milliy forumi”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida so‘z bordi.
Mazkur Forumning respublika bosqichida 210 nafar ilg‘or o‘qituvchi va tarbiyachi ishtirok etadi. So‘ng kaskad usulida 13-14-avgust kunlari 14 ta viloyatda, 19-20-avgust kunlari 208 ta tuman (shahar)da, 25-29-avgust kunlari barcha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi.
Tadbir doirasida yangi o‘quv yiliga qadar darsliklarning joylarga yetkazib berish va qayta taqsimlash bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.
Mas’ullarga joriy yilgi maktab darsliklarining buyurtma ma’lumotlarini “Raqamli kutubxona” elektron tizimiga to‘liq kiritish hamda darsliklarni hududlar o‘rtasida qayta taqsimot qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Raqamli kutubxona” elektron tizim orqali darsliklarni maktablarga yetkazish jarayonlarini monitoring qilib borish, utilizatsiya qilishga doir tizimni takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab attestatsiyada ishtirok etmagan pedagoglarni alohida diagnostikadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari mas’ul xodimlariga o‘tkazilgan diagnostika natijalari asosida manzilli ishlarni olib borish, ushbu jarayonlar tashkil etilmagan hududlar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, diagnostikadan o‘tkazish vaqti bo‘yicha taklif kiritish vazifasi berildi.
Shuningdek, avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Izohlar 12
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
Sessiya doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalari, ta’lim sifati hamda o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi kelgusidagi rejalar xususida so‘z borgan.
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi
Qonunchilik palatasi deputatlari Sayyora Imamova hamda Kozim Tojiyevlar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Tayinlov
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang