Qaysi o‘qituvchilarning sertifikati dars taqsimotida rol o‘ynaydi?

Savol
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi yoki boshqa fan o‘qituvchilari milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, ular dars taqsimoti jarayonida ko‘proq dars olishi mumkinmi?
Javob
Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha tegishli sertifikatlarga ega o‘qituvchilarga maksimal dars soatlari berilishi qayd etilgan.
Unda quyidagi sertifikatlar nazarda tutilgan:
- TESOL Level 5;
- CEFR B2;
- IELTS 6 va undan yuqori;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar.
Ammo bu yerda faqatgina chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar nazarda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-martdagi PQ–4640-son qarorining 13-bandida STEAM fanlari (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ‘‘Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida’’gi nizomning 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida faqat chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ko‘rsatilgan.
Shu sababli, ushbu norma ona tili va adabiyot, shuningdek, boshqa fan o‘qituvchilariga nisbatan ham tatbiq etilmaydi va dars taqsimotida rol o‘ynamaydi.
Ma’lumot uchun: Ushbu maqola Adliya vazirligining tegishli xulosalaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi

Prezident 100 nafarga yaqin pedagog va murabbiylarni mukofotladi
Mavzuga doir yangiliklar

Yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya”dan dars bersa bo‘ladimi?
“Tarbiya” fani mutaxassisligiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar yoki “Tarbiya” fanidan qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchilar yuqori hamda boshlang‘ich sinflarda dars berish huquqiga ega.

B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.

Darslar taqsimlanmay turib, yana yangi xodim ishga olinishi to‘g‘rimi?
Direktor yana yangi nomzodlarni ishga olsa, yutuqlari mavjud bo‘lgan pedagoglarga dars soatlari yetmay qolish holati kuzatilishi mumkin.

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Izohingizni tahrirlang