Darslar taqsimlanmay turib, yana yangi xodim ishga olinishi to‘g‘rimi?
Savol
Direktorimiz maktabda qo‘shimcha ish o‘rni yo‘q bo‘lishiga qaramay, yana yangi o‘qituvchini ishga olmoqchi. Hali maktabimizdagi o‘qituvchilarga darslar to‘liq taqsimlangani yo‘q, direktorning bu harakati qonuniymi?
Javob
Pedagoglarga darslarni taqsimlash “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” nizomning (ro‘yxat raqami 3271, 2020-yil 30-iyun) 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Bunda maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
Agar dars soatlari ta’lim muassasasidagi mavjud o‘qituvchilar o‘rtasida to‘liq taqsimlanmay turib, direktor yana yangi nomzodlarni ishga olsa, yutuqlari mavjud bo‘lgan pedagoglarga dars soatlari yetmay qolish holati kuzatilishi mumkin.
Bu esa “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” nizom talablari buzilishi hisoblanadi.
Bu vaziyatda mehnat huquqlari buzilgan pedagog xodimlar Mehnat kodeksining 559-moddasiga asosan kasaba uyushmalariga, hududiy bandlik bo‘limlari yoki adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.
Holat tasdig‘ini topsa, maktab direktoriga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo turlaridan biri qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (2 mln 60 ming so‘m)dan o‘n baravari (4 mln 120 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (4 mln 12 ming so‘m)dan o‘n besh baravari (6 mln 180 ming so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shu sababli, maktab direktorlariga ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan, ma’lum bir yutuqlarga erishgan mavjud pedagoglar o‘rtasida darslarni to‘liq taqsimlamay turib, yangi nomzodlarni ishga qabul qilmaslik tavsiya etiladi.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Ayrim maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshqa binoga ko‘chiriladi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ba’zi talabalarga maktabda dars berish mumkin emasmi?
Talaba “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishida o‘qisa, u qarorda nazarda tutilgan “pedagogika yo‘nalishi” talabasi hisoblanmaydi.
So'ragan edingiz
Yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya”dan dars bersa bo‘ladimi?
“Tarbiya” fani mutaxassisligiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar yoki “Tarbiya” fanidan qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchilar yuqori hamda boshlang‘ich sinflarda dars berish huquqiga ega.
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
O'zbek
Izohingizni tahrirlang