Vazirlikning Moliya departamenti direktori Prezident Administratsiyasi mas’ul lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Siradjev Ilxom Toxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.
Ilxom Siradjev 2006-2017-yillarda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023-yillarda Xalq ta’limi vazirligi bosh iqtisodchisi, Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i, Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, Moliya departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.
U dunyodagi qator davlatlar ta’lim ekspertlari uchun Xitoyda tashkil etilgan “Strategik rejalashtirish, raqamli transformatsiya, xalqaro hamkorlik va samarali boshqaruv” yo‘nalishidagi xalqaro seminar hamda ta’limga doir ko‘plab xalqaro loyihalar ishtirokchisi.
Ilxom Siradjev pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), “Ta’limda menejment" yo‘lishi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Vazirlik o‘qituvchilar malaka toifasi sertifikati muddatini o‘zboshimchalik bilan qisqartirib qo‘ydimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang