O‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi — BYD avtomobili berildi

Buxoro va Namangan viloyatidagi maktablarda ishlaydigan ikki nafar o‘qituvchiga Prezident sovg‘asi — BYD CHAZOR avtomobili topshirildi.
Gap shundaki, joriy yilning 15-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazgan muloqotida Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Billura Ikromova hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Nabiyevalar faoliyati bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, Billura Ikromova Top-200 talikka kiradigan Buyuk Britaniyaning Reding oliygohini bitirganidan so‘ng, katta-katta idoralardan ish taklifi tushgan bo‘lishiga qaramay, Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tilidan dars berishni tanlagan.
U TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori.
Billura Ikromovaning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda ta’lim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ham ega bo‘lgan.
Shu sababli, uning mehnatlari e’tirofi sifatida Prezident sovg‘asi – BYD CHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, prezident mazkur muloqot tadbirida Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Nabiyevaning faoliyatini ham e’tirof etgan.
Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida ushbu o‘qituvchi bilan uchrashgan hamda uning pedagogik faoliyati bilan yaqindan tanishgan.
Uchrashuvdan keyin Nodira Nabiyevaga Prezident sovg‘asi — BYD CHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.
Nodira Nabiyeva “inglizcha-o‘zbekcha surdo lug‘at” yaratgan bo‘lib, Germaniyaning “Lambert Academic Publishing” nashriyotida uning "Teaching English to deaf students" nomli kitobi chop etilgan. 8 ta tilda tarjima qilingan mazkur adabiyot AQSHning Galladet universitetida yordamchi o‘quv-uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.
Hozirga qadar pedagogning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Germaniya, AQSH, Fransiya, Angliya, Hindiston, Chexiya kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida chop etilgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yangi tashkil etilgan Respublika “Kelajak markazi”ga direktor tayinlandi

Vazirlikning salohiyatli kadrlaridan biri Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi

Pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lashdagi muammolar ijobiy hal etilmoqda

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Prezident 100 nafarga yaqin pedagog va murabbiylarni mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlar mukofotlandi.

O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ikkita fandan ham oliy toifa oldi
U Davlat va huquq asoslari fanidan ham Tarbiya fanidan ham oliy malaka toifasini oldi.

O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi
Chust tumanidagi 11-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Rahmonov avtomobil prototiplarini yaratish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Izohingizni tahrirlang