Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi
Shveysariyada musodara qilingan Gulnora Karimova pullarining 20 mln dollari ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Joriy yil 17-sentyabr kuni “Ishonch” jamg‘armasi “Maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik hamda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyenani (SSG) modellashtirish” loyihasiga 20 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratishni e’lon qildi. Loyiha rasman 2025-yil 1-oktyabrda o‘z ishini boshlaydi.
Qayd etilishicha, loyihada O‘zbekiston bo‘yicha kamida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, maktablarda energiya sarfini 30 foizga va dimlangan gazlar chiqindilarini 50 foizga kamaytirish uchun xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Loyiha 31 500 nafar bola, ayniqsa, o‘smir qizlar uchun kundalik ta’lim sharoitlarini bevosita yaxshilaydi. Ular gender jihatlarni hisobga olgan holda alohida qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa darslarni qoldirish holatlarini kamaytiradi.
Loyiha yakunlangandan so‘ng uning natijalari barqarorligini ta’minlash maqsadida, 2700 nafar maktab o‘qituvchilari va xodimlari iqlim o‘zgarishiga chidamlilik, SSG‘ga gender jihatlar hisobga olingan yondashuv va jarayonlarga jamoatchilikni jalb qilish bo‘yicha o‘qitiladi.
“Shveysariya ushbu restitutsiya mablag‘lari O‘zbekiston xalqiga bevosita foyda keltiradigan, korrupsiyadan xoli, sezilarli investitsiyalarga aylantirilayotganidan faxrlanadi. Ushbu loyiha orqali biz 31 500 bolaga yanada sog‘lom, xavfsiz va munosib muhitda ta’lim olish imkoniyatini yaratmoqdamiz — bu rivojlanishga xizmat qiluvchi restitutsiyaning haqiqiy timsolidir”, — dedi Shveysariya elchisi Konstantin Obolenskiy.
Jamg‘armaning qayd etishicha, “Eng yaxshi maktabim” raqamli portali mahalliy hamjamiyatlar va keng jamoatchilikka budjet, pudratchilar, qurilish muddatlari va ishlarning borishini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini beradi.
Shuningdek, loyiha doirasida fuqarolik jamiyati ishtirokida xaridlar va ta’mirlash jarayonlarida adolatli, korrupsiyadan xoli, ota-onalar, o‘qituvchilar hamda mahalliy jamoalar oldida hisobdorlikni ta’minlovchi Halollik pakti sinovdan o‘tkaziladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Ta'lim siyosati
2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmasligi masalasi ko‘tarildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang