O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda — AQSh
AQShning Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan Alpha School maktabi ta’lim sohasida inqilob qilmoqda. Bu yerda 4- va 5-sinf o‘quvchilari har kuni darsga kelishadi, ammo ularning o‘qituvchisi — odatdagidek inson emas, balki sun’iy intellektdir.AQShdagi Alpha School maktabining barcha o‘qituvchilari sun’iy intellekt bilan almashtirildi. Bu haqda cbsnews.com nashri xabar berdi.
Bunda har bir o‘quvchi matematika, tabiiy fan va o‘qish fanlarini ertalab ikki soat davomida o‘zining qobiliyatiga mos bo‘lgan tezlikda o‘rganadi. Dars jarayoni esa maxsus AI (sun’iy intellekt) dasturi tomonidan boshqariladi: kimdir tezroq, kimdir sekinroq o‘zlashtiradi — tizim esa barchasini individual tarzda shunga moslashtiradi.
Maktabdagi o‘qituvchilar “teacher” emas, balki “guide” (yo‘lko‘rsatuvchi) deb ataladi. Ularning vazifasi endi dars o‘tish emas, balki bolalarga yo‘l ko‘rsatish, rag‘batlantirish va motivatsiya berishdir.
Yo‘lko‘rsatuvchi Lyuk Fillipsning aytishicha, sun’iy intellekt o‘qituvchi o‘rinini bosa olmaydi, balki u inson va texnologiya birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Bu esa uning yutug‘idir.
Maktab asoschisi Makkenzi Prays bu darslarni “hayot uchun zarur ko‘nikmalar” deb aytmoqda. Uning fikricha, har bir bola o‘ziga mos tezlikda o‘rganish imkoniga ega bo‘lsa, ta’lim natijasi ancha samarali bo‘ladi.
O‘quvchilarning odatiy kun davomidagi vaqti esa butunlay boshqacha. O‘quvchilar bu paytda loyiha ishlari bilan shug‘ullanishadi, moliyaviy savodxonlikni, jamoa oldida so‘zlashni o‘rganadilar.
Ba’zi tanqidchilar maktabda inson o‘rnini texnologiya egallayotganidan xavotirda. Biroq Prays bunga quyidagicha javob beradi:
“Yo‘lko‘rsatuvchilar akademik fanlarni o‘qitmaydi, lekin ular bolalar bilan insoniy aloqa o‘rnatadi. Har hafta har bir o‘quvchi o‘z yo‘lko‘rsatuvchisi bilan 30 daqiqa davomida yakka tartibda suhbatlashadi. Kunduzi esa ular guruh bo‘lib ishlash, muloqot qilish orqali o‘rganishadi.”
Maktab rahbariyatining fikricha, bu — ta’limning kelajagi. Chunki u yerda har bir bola sun’iy intellekt yordamida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Yangi o‘quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlarida “Bir maktab – bir IT sinf” tamoyili asosida ixtisoslashgan sinflar ochish taklif etildi.
Yangiliklar
“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Maktab ta’limi uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma joriy qilinadi. Bunda o‘qituvchining virtual yordamchisi ishlab chiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi.
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan “ChatGPT for Teachers” servisini taqdim etdi.
Qozog'iston
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang