Top.Mail.Ru
Endi uy ta’limida dars beradigan o‘qituvchilarga "yo‘l haqi" ham to‘lab beriladi

Endi uy ta’limida dars beradigan o‘qituvchilarga "yo‘l haqi" ham to‘lab beriladi

12:03 / 28.11.2025 28

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi tegishli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 


Unga ko‘ra uyda yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilar, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq o‘quvchilarni o‘qitganlik uchun maktab o‘qituvchilariga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida oylik yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi.


Kompensatsiya maktabdan ushbu o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 km bo‘lganda hamda o‘quvchiga biriktirilgan bir nechta o‘qituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda o‘tkazadigan o‘quv soatlari ulushidan kelib chiqib, uyda o‘qitilayotganlarning o‘quv rejasidagi o‘quv soatlari miqdoriga mutanosib to‘lanadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Inklyuziv ta’lim

Ulashish