Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar berdi.
Aniqlanishicha, 13-dekabr kuni “Samanko‘l” OFY Qamissholi aholi punkti Faxriylar ko‘chasidagi uyni ijaraga olib ikkita nabirasi bilan birga yashayotgan fuqaro uyini isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘zboshimchalik bilan boshqa xonaga ko‘chirgan. So‘ng uni mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.
Buning oqibatida oila a’zolari gazning yonayotgan tutunidan, ya’ni is gazidan kuchli zaharlanib, fuqaro A.J. va uning ikki nabirasi — 2011-yilda tug‘ilgan A.S. (8-sinf) va 2015-yilda tug‘ilgan A.Q. (4-sinf) o‘zlariga kelmasdan voqea joyida vafot etgan.
Tuman hokimligi marhumning oilasiga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilayotganini bildirdi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 2018 hamda 2020-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka suv taqsimlagich omboriga tushib ketishi natijasida vafot etdi.
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
5 kun avval Namangan viloyatidagi shimoliy Farg‘ona kanalida ikki nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabar berdi.
Yangiliklar
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida bir kunda uch bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi.
Yangiliklar
Maktab o'quvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi
O'quvchi soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o'ynagani borgan
O'zbek
Izohingizni tahrirlang