Prezident maktab o‘quvchisiga shaxsiy telefoni va boshqa buyumlar sovg‘a qildi
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 17-dekabr kuni O‘sh viloyati Qora-Qo‘lcha tumaniga qarashli Koo-Chaty qishlog‘idagi “Aydin-Ko‘l” boshlang‘ich maktabining 4-sinf o‘quvchisi Nurzamon Almazbekov bilan uchrashdi.
Bu uchrashuvga ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan video turtki bo‘ldi. Videoda deyarli bir metr qalinlikdagi qor qatlamini kechib, qiyinchiliklarga qaramay maktab sari yo‘l olayotgan kichik yoshdagi o‘quvchi tasvirlangandi. Ushbu lavha esa prezident Sadir Japarov e’tiboridan chetda qolmadi va o‘quvchini shaxsan qabul qildi.
“Shunaqa yurib maktabga borganingni ko‘rib, bolaligim esimga tushdi. Men ham sening yoshligingda qalin qorlarni kechib maktabga borardim. Bizning qishlog‘imiz Keng-Suu edi — hozirgi kichik vatanim. O‘sha paytlari qor yarim metr, ba’zida hatto bir metrgacha yog‘ardi.
U paytda traktorlar yo‘q edi, yo‘llarni ochib beradigan texnika ham bo‘lmasdi. Shunaqa sharoitda sen kabi piyoda yurib maktabga borardik. Seni ko‘rib, o‘sha bolaligim esimga tushdi. Barakalla, bolam”, dedi prezident.
Prezidentning aytishicha, o‘sha yillarda qor ba’zan yarim metr, ba’zida esa bir metrga yetib qolgan, biroq bu holat bolalarning maktabga borishiga to‘sqinlik qilmagan.
Uchrashuv davomida Prezident Nurzamonning o‘qishi, kundalik hayoti va qiziqishlari bilan qiziqdi. Bola futbolga qiziqishini, hujumchi sifatida o‘ynashini aytgach, Prezident buni ijobiy baholadi.
“Hujumchi ekansanmi? Barakalla. Demak, sendan albatta bir narsa chiqadi. Mehnat qilsang, oldinga intilsang, natija bo‘ladi,” — dedi u.
Prezident Nurzamonga noutbuk, futbol to‘pi va kitob sovg‘a qildi. Shuningdek, prezident o‘quvchiga shaxsiy mobil telefonini topshirib, bu texnologiyalar bilim olishda to‘g‘ri yo‘naltirilsa, katta imkoniyatlar ochishini ta’kidladi:
“Bu telefon oddiy o‘yinchoq emas. Unda o‘rganish mumkin, video qilish mumkin, yangi narsalarni bilib olish mumkin. Eng muhimi — uni bilim uchun ishlat,” — dedi prezident.
Uchrashuv yakunida prezident Nurzamonga omad tilab, bilim olish yo‘lida qat’iyat va mehnat eng muhim omil ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Qirg'iziston
Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Ta’lim vazirligi ushbu taklifni ilgari surmoqda
Yangiliklar
O‘qituvchilarga sifatsiz noutbuklar xarid qilingani uchun bosh vazir jazolandi — Qirg‘iziston
Bu haqida Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi
Qirg'iziston
Qirg'iziston maktablarida pul yig‘imlari uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qirg'izistonda davlat va shahar ta’lim muassasalarida pul mablag‘larini noqonuniy undirishga yo‘l qo‘ygan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang