Top.Mail.Ru
Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin

12:36 / 03.12.2024 6.35k

Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi maktab va oliy o‘quv yurtlarida telefondan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda.


Ta’lim vazirligi buni shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish va ta’lim muassasasi obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni oldini olish bilan izohlamoqda.


“Ta’lim tashkilotlarida mobil qurilmalardan foydalanish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Hujjatda maktab va oliy o‘quv yurtlarining talabalari va xodimlari ta’lim muassasasi binosiga kirishda o‘z gadjetlarini sukut rejimga o‘tkazishi talab qilinishi belgilandi. 


O‘quvchilar mobil qurilmalarini o‘chirib, sinflarda belgilangan joylarda qoldirishi kerak bo‘ladi. Telefondan faqat tanaffus paytida yoki favqulodda holatlarda foydalanish mumkin. Telefonlarni quvvatlantirish ham taqiqlanadi.


Ta’lim vazirligi quyidagi maqsadlarda telefondan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda:


  • zo‘ravonlik, shafqatsizlik yoki pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish;


  • ta’lim muassasasi obro‘siga putur yetkazadigan harakatlar;


  • foto va video suratga olish.


Shuningdek, o‘qituvchilarga ham dars vaqtida telefondan foydalanish taqiqlanadi, agar bu ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmasa.


Qayd etilishicha, ishlab chiqilgan qoidalar o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy-ma’rifiy muhitni yaxshilash, shuningdek, bezorilik va nomaqbul kontent tarqalishining oldini olishga qaratilgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Qirg'iziston
  • Mobil telefon

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Maqola

Trend ortidan ergashayotgan o‘quvchilar: taqiqmi yoki media savodxonlik?

Trendda bo‘lish bugungi kunda deyarli har bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi orasida ommalashgan tushunchaga aylanib ulgurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda birgina video yoki chaqiriqning minglab va hatto millionlab kuzatuvchilar e’tiborini tortishi, ayniqsa, yoshlar va maktab o‘quvchilarini ham ushbu jarayonning faol ishtirokchisiga aylantirmoqda.

18:55 / 05.11.2026
Tadqiqot

Maktablarda telefonni taqiqlash o‘smirlar ruhiy salomatligini yaxshilashga yordam bermadi — tadqiqot

Islandiyada o‘tkazilgan yirik tadqiqot maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlashning o‘smirlar ruhiy salomatligiga ta’sirini baholadi. Tadqiqot natijalarga ko‘ra, bunday cheklovlar ham o‘smirlarda depressiya va xavotir alomatlarini kamaytirolmagan.

15:30 / 02.11.2026
Ta'lim siyosati

Qirg‘izistonda pensiyadagi o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

Qirg‘izistonda pensiya yoshidagi o‘qituvchilar ishda qolayotgani va yosh mutaxassislar uchun esa ish o‘rinlari yetishmayotgani sababli Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi. Prezident Sadir Japarov tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

16:09 / 26.10.2026
Yangiliklar

O‘zbekistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

13:50 / 27.06.2026