Qozog‘iston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda hukumat rasmiylari yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari, Qozog‘iston Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ma’lum qildi.
Tashabbus mutaxassislar tomonidan baholanib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Buni amalga oshirish uchun Ta’lim vazirligi hamda Qozog‘iston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi foydalanuvchilarning yoshini aniqlash mexanizmlari, shuningdek, zarurat bo‘lganida javobgarlik choralarini ishlab chiqadi.
“Asosiy e’tibor aholining media-savodxonligini oshirish va mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi. Bu yo‘nalishda tegishli ishlar soha jurnalistikasini rivojlantirish komissiyasi va boshqa mexanizmlar orqali amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, reklama tushumlarini onlayn-platforma va OAV o‘rtasida taqsimlashni tartibga solish, shuningdek, ayrim tovarlarni reklama qilishga qo‘yilgan ayrim cheklovlarni qisman bekor qilish imkoniyati qonunchilik darajasida ko‘rib chiqiladi”, – deydi Aida Balayeva.
So‘nggi yillarda bir qator davlatlar bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olish bo‘yicha yangi qoidalarni joriy qilmoqda.
Xususan, Janubiy Koreya parlamenti dars vaqtida mobil telefon va smart qurilmalardan foydalanishni taqiqlovchi yangi qonunni qabul qildi. Janubiy Koreya ayni qarorga kelgan ilk davlat emas – Fransiya, Finlyandiya, Italiya va Xitoy ham maktablarda telefondan foydalanishni cheklamoqda. Bu borada faqatgina Seul masalani qonun darajasiga olib chiqqani bilan farqlanadi.
Avvalroq, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Avstraliya, Norvegiya, Rossiya, Italiya kabi qator davlatlarda bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha harakatlar boshlangan bo‘lsa, jumladan, qo‘shnimiz Qozog‘iston hamda Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilarining dars vaqtida smartfondan foydalanishiga qonuniy taqiq joriy qilindi, Tojikiston parlamenti esa 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qilmoqda.
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlandi. Mazkur cheklovlar 2025-yil 10-dekabrdan boshlab rasman kuchga kirgan. Shvetsiyada esa olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun raqamli qurilmalarni taqiqlab, planshetlardan kitoblarga qayta boshlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang