Prezident topshirig‘i bilan o‘qituvchilar attestatsiyasi bekor qilindi — Qozog‘iston
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning bevosita topshirig‘iga binoan, Qozog‘iston bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya testi rasman bekor qilindi. Bu haqda Qozog‘iston ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova ma’lum qildi.
Vazir Juldiz Suleymenova ushbu qarorni pedagoglar jamoasiga bo‘lgan katta ishonch va qo‘llab-quvvatlash ifodasi sifatida baholadi.
“Hurmatli pedagoglar! Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, fan bilimini baholash testi bekor qilindi. Mening fikrimcha, bu qaror Prezidentning sizlarga bo‘lgan yuksak e’tibori va katta ishonchidan dalolat beradi. Barchangizni ushbu ijobiy yangilik bilan tabriklayman!”, - degan vazir.
Ayni vaqtda Qozog‘iston Ta’lim vazirligi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimiga bir qator o‘zgarishlar kiritmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi — pedagoglar mehnatini adolatli va ochiq baholash tizimini shakllantirish, ortiqcha talablar hamda asossiz moliyaviy xarajatlarni qisqartirishdan iborat.
Yangi attestatsiya tizimi pedagoglarning ish natijalariga asoslanadi va imkon qadar tushunarli hamda obyektiv formatga o‘tkaziladi.
Avval test orqali o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonining ajralmas qismi edi. Test uchta yo‘nalish bo‘yicha kasbiy kompetensiyani aniqlashga qaratilgan edi:
- pedagogika — 30 ta savol;
- o‘qitish metodikasi — 20–30 ta savol;
- fan bo‘yicha bilim darajasi — 50 ta savol.
Mazkur test natijalariga ko‘ra o‘qituvchilarga “Pedagog-moderator”dan “Pedagog-ustoz”gacha bo‘lgan malaka toifalari berilar edi. Bu esa ularning ish haqi va ustama to‘lovlariga bevosita ta’sir ko‘rsatardi.
Endilikda pedagoglar asosiy e’tiborini testlarga tayyorgarlikka emas, balki o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonining sifatini oshirishga qaratish imkoniga ega bo‘ladi.
Asosiy o‘zgarishlardan biri pedagoglarning bilimini baholash testi to‘liq bekor qilinadi. Endilikda test sinovlaridan faqat pedagogika yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarini endigina bitirgan yosh mutaxassislar, pedagogik faoliyatida tanaffus qilib, qayta ish boshlamoqchi bo‘lganlar o‘tadi.
Bunda pedagoglarning bilimini baholash testlari ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda metodik markaz metodistlari uchun saqlab qolinadi.
Maktabda kamida 2 yil uzluksiz ish stajiga ega pedagoglar malaka toifasini olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Ularning malakasi yangi qoidalarga muvofiq faqat amaliy natijalar asosida baholanadi.
Ya’ni, pedagogning kasbiy yutuqlari, o‘quvchilarning natijalari, ta’lim-tarbiya jarayonini olib borish darajasi hisobga olinadi.
Mazkur o‘zgarishlar 2027-yildan boshlab joriy etiladigan yangi attestatsiya tizimiga taalluqli bo‘lib, yangi tizimga bosqichma-bosqich o‘tiladi.
Malaka testini birinchi marta topshirishda e’lon qilingan malaka toifasi uchun zarur minimal ballni to‘play olmagan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari va tegishli ustama haqlari to‘liq saqlanib qoladi.
O‘qituvchilar attestatsiyasi 2026–2027-o‘quv yiliga ko‘chiriladi va yangi qoidalarga muvofiq, o‘qituvchilardan toifa testini topshirish talab etilmaydi. Endilikda test topshirish attestatsiyadan o‘tishning majburiy sharti hisoblanmaydi.
Shu tariqa, yangi qoidalarga ko‘ra ushbu norma bekor qilinishi munosabati bilan toifa testini qayta (pullik asosda) topshirish tartibi ham bekor qilinadi. Qayta topshirish uchun to‘langan mablag‘lar esa pedagoglarga to‘liq qaytariladi.
Hozirda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishning yangi formatiga oid yangi qoidalar ishlab chiqilmoqda.
“Ushbu testning bekor qilinishi ta’lim tizimidagi byurokratiyani kamaytirish va o‘qituvchilarning umumiy maqomini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Bir necha yillardan buyon ushbu talab ortiqcha psixologik bosim keltirib chiqarishi va o‘qituvchilarning asosiy e’tiborini dars berish jarayonidan chalg‘itishi sababli tanqid qilib kelinayotgan edi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri Juldiz Suleymenova yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tan olib, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Vazir E’zoza Karimova attestatsiyaga bordi, endi tizim o‘zgaradimi?
So‘nggi yillarda vazir sifatida faoliyat yuritgan Ulug‘bek Inoyatov, Sherzod Shermatov ham, Baxtiyor Saidov ham va Hilola Umarova ham shaxsan test jarayonlari o‘tkazilayotgan manzilga borib, norozi o‘qituvchilar bilan suhbatlashmagandi.
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Uchrashuvda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari attestatsiya uchun tuzilgan testlarning murakkabligidan shikoyat qilishdi. Ular jarayonning qay darajada qiyinligini isbotlash uchun vazirga o‘zlari bilan birga testga kirishni taklif qilishdi.
So'ragan edingiz
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, test sinovlarining qaytadan topshirilishini tashkil etilishi lozim.
Yangiliklar
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlari sanalari belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang