Top.Mail.Ru
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

09:21 / 28.01.2026 418

2025-yil 27-30-dekabr kunlari matematika, kimyo va geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.


Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.


Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:


  • 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;


  • 65 - 69,9 ball — A daraja;


  • 60 - 64,9 ball — B+ daraja;


  • 55 - 59,9 ball — B daraja;


  • 50 - 54,9 ball — C+ daraja;


  • 46 - 49,9 ball — C daraja.


Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:


  • A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;


  • B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;


  • A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.


Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.


Muhim ma’lumot: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Milliy sertifikat

Ulashish