Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 nafar pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
2026-yil 24-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsman)ning 2025-yildagi bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati haqidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.
Bolalar ombudsmani ma’ruzasiga ko‘ra, 2025-yilda Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 1934 ta murojaat kelib tushgan.
Vakilga bevosita bolalar tomonidan 42 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib, bu jami murojaatlarning 2,17 foizini tashkil etgan. 2025-yilda Bola huquqlari bo‘yicha vakilning 35 ta shaxsiy qabulida 141 ta fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaati ko‘rib chiqilgan.
Murojaatlar tahlili va monitoring faoliyati asosida bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan jami 36 ta ta’sir hujjati — 2 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa va 3 ta sud hujjati ustidan protest keltirish to‘g‘risida iltimosnoma kiritilgan.
Murojaatlarni o‘rganish asosida bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishi hamda 26 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, 20 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv olib borish uchun yuborilgan.
Internet tarmog‘ida o‘tkazilgan monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlarining buzilishiga oid holatlar yuzasidan 23 ta jinoyat ishi hamda 28 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilishi ta’minlangan.
Ta’lim muassasalarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilganligi hamda o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun 6 nafar pedagog ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bolaga nisbatan qilgan qo‘pol xatti-harakatlari uchun 15 nafar pedagogga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Bolaning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilganligi uchun 2 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ 2 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Shuningdek, o‘tgan davrda bolaning moddiy ta’minoti yuzasidan jami 403 mln.745 ming so‘mlik aliment qarzdorligi undirishga ko‘maklashilib, 52 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat boji va boshqa to‘lovlarsiz ID-kartalar rasmiylashtirilishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
O‘tgan davrda Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan bola huquqlari himoyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida ham 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etilgan.
Xususan, O‘zbekiston tashabbusiga ko‘ra, 2025-yil 11-12-sentabr kunlari birinchi xalqaro forum o‘tkazilgan. Ushbu tadbir yakuni bo‘yicha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Bolalar ombudsmanlari tomonidan “Markaziy Osiyo davlatlarida bola huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi birinchi xalqaro forumning Deklaratsiyasi imzolangan.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.
Yangiliklar
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Yangiliklar
Bog‘chadagi 5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: ish bo‘yicha nimalar ma’lum?
Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalarining birida ishlovchi ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizni zo‘rlagani ma’lum bo‘ldi. Jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan Namangan viloyati tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan 12-sentyabr kuni ish ochilgan.
Yangiliklar
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 11-sentyabr kuni imzolagan O‘RQ-1174-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang