Top.Mail.Ru
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi

Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi

23:40 / 26.02.2026 1.33k

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.


U prezidentning yoshlar bilan muloqot chog‘ida bergan topshirig'i ijrosi doirasida, ya’ni har payshanbada vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ta’lim muassasalarida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriq asosida Termiz davlat pedagogika institutida bo‘lib, talaba va tyutorlar bilan uchrashdi.


Unga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, uning o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda boshqa bir qancha mas’ullar hamrohlik qilgan.


Unda bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, yoshlar orasida huquqbuzarlik holatlarining oldini olish va ularning vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan.


Uchrashuvda bildirilgan taklif va mulohazalarni atroflicha o‘rganish va zarur choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.


Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Hilola Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Uning  o‘rniga esa Ilxom Siradjev Toxirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


5 oy avval u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.


Ilxom Siradjev uzoq yillar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti direktori lavozimida ham ishlagan.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'lim siyosati

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi

E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.

13:36 / 02.03.2026
Ta'lim siyosati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

16:00 / 18.02.2026
Ta'lim siyosati

O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?

O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.

19:30 / 09.02.2026
Ta'lim siyosati

2030-yilgacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Joriy yilning 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati borligini ta’kidlaganidan keyin, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

15:07 / 28.01.2026