Top.Mail.Ru
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi

Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi

16:20 / 30.03.2026 460

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 2018 hamda 2020-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka suv taqsimlagich omboriga tushib ketishi natijasida vafot etdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning Darakchi.uz nashriga ma’lum qilishicha, joriy yilning 19-mart kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida soat 20:05 atrofida X.Olimjon MFYda yashagan voyaga yetmaganlar 2018-yilda tug‘ilgan Z.S. hamda 2020-yilda tug‘ilgan S.Z. “Buloqboshi” MFYda joylashgan suv taqsimlagich omboriga o‘z ehtiyotsizligi natijasida tushib ketib, suvga dimiqishi natijasida vafot etgan.


Hodisa joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Aniqlanishicha, voyaga yetmagan S.Z. 19-mart kuni “Buloqboshi” MFYda joylashgan suv taqsimlagich ombori hududida o‘ynab yurgan vaqtlarida qo‘lida bo‘lgan bolalar o‘yinchog‘i suvga tushib ketishi natijasida uni suvdan olish uchun tushgan vaqtida o‘zini boshqara olmay suvga cho‘kib ketgan.


Bu orada uning akasi voyaga yetmagan S.Z. ukasini qutqarish uchun o‘zini suvga tashlagan. Oqibatda har ikkisi suvga dimiqib, hodisa joyida vafot etgan.


Keyinchalik, bolalar yashash xonadoniga kelmaganidan so‘ng kanal hududida otasi X.Q. tomonidan ko‘rib qolingan va FVV qutqaruv xizmati tomonidan murdalar suvdan olingan.


Murdalar tashqi ko‘zdan kechirilganida tanasida tan jarohatlari va ulardan qolgan izlar aniqlanmagan.


Sudga oid tibbiy ekspertizaning 19-mart kunidagi dastlabki ma’lumotnomasida voyaga yetmaganlar S.Z. va uning ukasi Z.S.larning o‘limiga “nafas yo‘llarini suv bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiya” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.


Hozirda mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovgacha qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va tekshiruv harakatlari nazoratga olingan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Baxtsiz hodisa

Ulashish