Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
Ma’lumki, 1-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun xususiy oliygohlarga qabul jarayonlari boshlandi. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga abituriyentlarni qabul qilish tartibi har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Xususiy oliygohlar orasida Profi University abituriyentlarni kirish imtihonlari asosida qabul qiladigan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-iyun kuni universitetda o‘tkazilgan kirish imtihonlarida 1 470 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Imtihon natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning 404 nafari yoki 27 foizi talabalikka tavsiya etildi. Qolgan 1 066 nafar abituriyent esa universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish ballarini to‘play olmadi.
Talabalikka tavsiya etilganlarning 187 nafari stipendiya asosida, 43 nafari turli imtiyozlar asosida, 174 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda Profi University oliygohiga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar ham imtihon asosida oliygohga qabul qilinmoqda. Ya’ni, shu toifadagi talabalar ham kirish imtihonlarida ishtirok etmoqda.
1-iyun kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihonida o‘qishni Profi Universityga ko‘chirish istagida bo‘lgan 79 nafar talabadan atigi 9 nafari universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish ballarini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yilgi qabul jarayonida Profi University kirish imtihonlarida 42 649 nafar abituriyent qatnashgan bo‘lib, ulardan 7 831 nafari talabalikka tavsiya etilgan.
HUJJAT TOPSHIRISH
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Olimpiada markazi qurib bitkazildi.
Bilasizmi?
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliygoh tanlash bo'yicha tavsiyalar
Oliy ta’lim
1-oktaybrdan xususiy universitetlarga qabul yopiladi
O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Oliy ta’lim
O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang