Surdopedagogika bo‘yicha qayta tayyorlangan o‘qituvchiga korreksion sinf darslari beriladimi?
Savol
Men eshitishida nuqsoni bor bolalar internatida korreksion fandan dars beraman. Mutaxassisligim maktabgacha ta’lim va bolalar sport o‘qituvchisi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi va surdopedagogika yo‘nalishida qayta tayyorlovda o‘qidim. Defektologiya bo‘yicha 2 toifa oldim.
Bu yilgi dars taqsimotida sizga dars berolmaymiz deyishyapti. O‘quv rejada korreksion fandan defektolog dars berishi mumkin deyishdi. Shu vaziyatda 2 toifa uchun dars olishim mumkinmi? 33 yillik ish stajga egaman. Javob uchun rahmat.
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risida”gi nizom alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining faoliyatini tartibga soladi.
Mazkur nizomning 44-bandida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qituvchi va tarbiyachi lavozimida korreksion pedagogika va defektologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli maxsus pedagoglar (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari), eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘qituvchi lavozimiga dars o‘tiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagoglar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat turi (sohasi) bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tgan mutaxassis xodimlar faoliyat yuritishi belgilangan.
Adliya vazirligidan 2026-yil 16-aprelda 3819-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom esa alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Nizomning 13-bandida ham, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida dars berish uchun maxsus pedagogdan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida korreksion pedagogika va defektologiya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaxassislari), ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat turi (sohasi) bo‘yicha tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligi talab etilishi belgilangan.
Ushbu talablarga mos kelmaydigan maxsus pedagoglarga dars soatlari taqsimlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2026-yil 26-maydagi “Eshitishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktab va maktab-internatlarining 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarini tasdiqlash hamda variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinov tariqasida joriy etish to‘g‘risida”gi 218-sonli buyruqning 1-a-ilovasining 18-bandida “Eshitish idrokini rivojlantirish, talaffuzni shakllantirish”, “Musiqali ritmika”, “Nutqiy muloqot”, “Ijtimoiy-maishiy hayotga yo‘naltirish” fanlari maxsus pedagogika (defektologiya, surdopedagogika) yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega mutaxassislari tomonidan o‘qitilishi nazarda tutilgan.
Shu sababli, agar o‘qituvchida surdopedagogika bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash diplomi mavjud bo‘lsa, u mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidagi tegishli dars soatlariga da’vogarlik qilishi mumkin.
Bunda o‘qituvchining II malaka toifasi ham dars soatlarini taqsimlashda hisobga olinadigan ustuvor ko‘rsatkich hisoblanadi. Qayta tayyorlash diplomi esa eshitishida nuqsoni bor bolalar internatida dars berish huquqini beradi.
Ma’lumot uchun: “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 14-bandiga ko‘ra, ikkinchi malaka toifasiga ega maxsus pedagoglarga oliy va birinchi malaka toifasiga hamda milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan maxsus pedagoglardan keyingi o‘rinda dars soatlari ajratiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.
So'ragan edingiz
1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.
So'ragan edingiz
Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi
Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiliklar
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang