Top.Mail.Ru
24 soat boshlang‘ichda, 60 soat yuqori sinflarda: informatika darslari qanday taqsimlanadi?

24 soat boshlang‘ichda, 60 soat yuqori sinflarda: informatika darslari qanday taqsimlanadi?

23:23 / 03.09.2026 7.95k

Savol

Men aniq fanlar metodbirlashma rahbariman. Men so‘ramoqchi bo‘lganim, maktabda jami 60 soat yuqoridan va 24 soat boshlang‘ichdan dars bor. Informatika o‘qituvchilarimiz esa jam 5 ta. 


Ularning 3 nafari II toifa va 2 nafari mutaxassis. Hozir kasaba uyushmasi va boshlang‘ich “zavuchi” informatiklarga shu 60 soatni bo‘lishini va boshlang‘ichdan dars ololmasligimizni aytyapti. 


Shunda 3 nafar toifasi bor o‘qituvchi 1 stavkadan dars olib, 2 ta mutaxassis qayerdan dars olishadi? Menga shu masala yuzasidan yordam berishingizni so‘rayman.


Javob

Umumta’lim maktablarida dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15 bandida belgilangan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2026-2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-, 2-, 3- va 4-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligi sababli mazkur fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilishi belgilangan. 


Ammo ayrim hududlarda istisno tariqasida  1-4-sinflardagi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani  yuqori sinf o‘qituvchilariga berilgan holatlar ham uchrab turadi. Ya’ni, ushbu fandan dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchilari ham bir vaqtning o‘zida boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega bo‘lsa yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lsa, pedagoglarning tegishli ko‘rsatgichlariga qarab, ularga boshlang‘ich sinflardagi mavjud “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan ham ma’lum bir miqdorda dars soati berilgan holatlar mavjud. 


Agar ular bunday mutaxassislikka ega bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflardagi “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga mutlaqo da’vogarlik qilolmaydi. Chunki, dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomning (30.06.2020-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi qayd etilgan. 


Mazkur band Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya sifatini oshirish hamda dars soatlari taqsimotidagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida kiritilgan. 7–10 yoshli bolalarda tushunchalarni idrok etish va fanlarni o‘zlashtirish jarayoni yuqori sinf o‘quvchilarinikidan tubdan farq qiladi. 


Boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan fanlar, xususan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani ham alohida boshlang‘ich ta’lim metodikasini talab etadi. Shu sababli, mazkur vaziyatda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars beradigan yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega bo‘lmasa yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olmagan bo‘lsa, boshlang‘ich sinflardagi “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan dars soatlariga da’vogarlik qila olmaydi. 


Bunda o‘qituvchining “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligiga ega ekanligi ham, yuqori malaka toifasiga ega ekani ham ushbu talabni o‘zgartirmaydi. 


Shu sababli, 1-4-sinflardagi 24 soat “Informatika va axborot texnologiyalari” dars soatlari faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida, yuqor sinflarda mavjud bo‘lgan 60 soat dars esa yuqori sinfdagi 5 nafar o‘qituvchilar o‘rtasida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketliklar asosida taqsimlanadi. 


Bunda 3 nafar II malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga teng miqdorda, maksimal miqdorda dars saotlari beriladi, 2 nafar mutaxassis pedagoglarga esa ortib qolgan dars soatlari teng miqdorda taqsimlanadi.


Ushbu vaziyatda 3 nafar II malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarga 20 soatdan dars soatlarini taqsimlash imkosiz. Qonunchilikda o‘qituvchilarga 1.5 stavkagacha ishlashga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, buni ta’lim muassasasidagi boshqa bir o‘qituvchining ishsiz qolishi hisobiga amalga oshirib bo‘lmaydi. 


Dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizomda ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga aynan 1.5 stavka (30 soat) dars berilsin, degan qoida mavjud emas. Dars taqsimoti to‘g‘risidagi nizom normalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u yerda ustuvor ketma-ketliklar asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etilgan. 


Maksimal miqdor deganda, aynan 30 yoki 20 soat dars berilishi nazarda tutilmagan. Ya’ni bu yerda turli xil toifadagi o‘qituvchilar orasida eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga qolgan o‘qituvchilarga nisbatan ko‘proq dars soati ajratilishi mumkinligi haqida so‘z bormoqda.


Maktab direktori malaka toifasi yuqori bo‘lgan 3 nafar o‘qituvchilarni 20 soat dars bilan ta’minlash uchun, ba’zi pedagog xodimlarni ishsiz qoldirolmaydi, bunga mehnat qonunchiligi yo‘l qo‘ymaydi. Chunki, qonunchilikda belgilab qo‘yilgan boshqa qoidalar ham mavjud. 


Ya’ni, maktab direktori ish beruvchi sifatida boshqa xodimlarning ham mehnat huquqlarini buzmaslikka majbur. Dars taqsimlashda toifasiz o‘qituvchiga dars yetmay qolganligi uchun ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilib bo‘lmaydi.

 

5 nafar pedagoglar o‘rtasida darslar qanday taqsimlanishi kerak?

 

Sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ustuvor ketma-ketliklar o‘rtasida dars soatlari miqdori aynan necha soat bo‘lishi kerakligi aniq belgilanmagan. 


Ya’ni, yuqori ustuvorlikka ega bo‘lgan o‘qituvchiga maksimal dars soatlari ajratiladi, tegishli ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lmagan pedagoglarga ham ma’lum bir miqdorda dars soatlari ajratiladi. Biroq, aynan necha soat ajratilishini pedagogik kengash hal qiladi. 


Bunda pedagog xodimlar ularga taqsimlangan dars soatini ko‘paytirish bo‘yicha murojaat qilishga haqli. Biroq, pedagogik kengash murojaatchining o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlaridagi faol ishtirokiga yoki boshqa ko‘rsatgichlariga qarab, shundan so‘ng dars soatlarini adolatli taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilishi lozim.

Izohlar 8

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti
  • Informatika

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.

12:31 / 11.09.2026
So'ragan edingiz

1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.

14:45 / 09.09.2026
So'ragan edingiz

Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi

Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

18:08 / 05.09.2026
Yangiliklar

Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.

13:29 / 04.09.2026