Yaponiyada dunyodagi birinchi virtual maktab ochildi
10:15 / 24.01.2024
2.35k
Yaponiyada talabalarga virtual ta’limni taklif qiluvchi birinchi masofaviy maktab ochildi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi. Ushbu maktabda o‘qish jarayoni joriy yilning aprel oyidan boshlanadi. Endi bolalar mamlakatning istalgan nuqtasidan darslarga qatnashishi mumkin. Buning uchun barcha jihozlar ularga tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi.
Bildirilishicha, virtual maktab o‘quv dasturi Yaponiya ta’lim qonuni standartlariga mos keladi. Odatdagidan farqli o‘laroq, asosiy e’tibor elektron sport va raqamli texnologiyalarga oid fanlarga qaratiladi.
Mutaxassislar bu shakldagi darslar nafaqat jarayonni osonlashtiradi, balki bolalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ham oshiradi, degan fikrda. Chunki bu xuddi onlayn o‘yinga o‘xshaydi. Har bir talaba mustaqil ravishda darslarda qatnashadigan avatarini tanlaydi. Shuningdek, o‘smirlar bu virtual olamda tashqi ko‘rinish haqida qayg‘urishlariga hojat qolmaydi.
O‘quv dasturi, shuningdek, trening darslar, maslahatlar, kibersport turnirlari, madaniy tadbirlar, festivallar va boshqa maktab tadbirlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, maktab o‘quvchilariga individual yondashuv, qo‘shimcha kurslar va Tokio universitetiga kirishga tayyorgarlik va’da qilinadi. O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilar o‘rta maktabning namunaviy attestatiga ega bo‘ladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
14:58 / 15.12.2025
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
12:55 / 15.12.2025
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
13:52 / 12.12.2025
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
17:30 / 10.12.2025
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Xorij ta'limi
Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
11:00 / 12.09.2024
Xorij ta'limi
Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
Italiyada 2007-yildayoq bu bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi
10:38 / 12.07.2024
Bilasizmi?
“Dunyoning eng yaxshi maktabi” mukofotiga sazovor bo‘lgan maktablar haqida bilasizmi?
Eng yaxshi maktab mukofotiga ega bo‘lgan har bir maktabga 50 000 dollardan beriladi.
20:00 / 19.05.2024
Maqola
Davomatga yordam beramiz deyilsa ham norozimiz, yordam berishmasa ham norozimiz — nima qilish kerak?
O'quvchilarning ota-onalariga “Ogohlantirish xati” yuborilishi tanqid qilinmoqda.
15:46 / 13.02.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang