Davomatga yordam beramiz deyilsa ham norozimiz, yordam berishmasa ham norozimiz — nima qilish kerak?
15:46 / 13.02.2024
5.37k
Endilikda dars qoldirib kelayotgan o'quvchilarning ota-onalariga “Ogohlantirish xati” yuborilishi va bu orqali ularga turli tartibdagi ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanishi haqidagi xat namunasi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy ruhda muhokama bo‘lmoqda.
Ochig‘i hech narsani tushunmadim. Davomat dedik, o‘quvchini maktabga olib kelib o‘tkazishga kuchimiz yetmadi, IIB xodimlari yordam bermayapti dedik.
Rostdan ham shunday edi vaziyat. Maktablarda davomat achinarli darajaga yetib kelgandi. Ishonavering, bu maktabda yaxshi dars o‘tilmasligi yoki zerikarli ekanligi uchun emasdi. Buning boshqa ko‘p omillari bor aslida.
Maktab qanchalik jozibador bo‘lmasin, shunda ham maktabga kelmaydigan o‘quvchilar minglab topiladi. Majburiy ta’lim bo‘lgandan keyin qati’y tartib bo‘lishi shart.
Afsuski, ba’zi ota-onalarga bu yoqmagan ko‘rinadi. Eng quyi tizimda, bevosita o‘quvchilar davomati bilan shug‘ullangan shaxs sifatida aytishim mumkinki, hozirgi tizim juda yaxshi yo‘lga qo'yildi. Buni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydi.
Ota-onalarga yuborilgan ogohlantirish xatlarida ham hech qanday yomon narsa aytilmagan, shunchaki O‘zbekistondagi qonunchilik eslatib qo‘yilgan xolos.
To‘g‘ri, ba’zi hollarda Milliy gvardiya xodimlari pedagoglar faoliyatiga ham aralashib qo‘yayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin pedagog xodimlar ham o‘z huquqini talab qilsa, o‘sha xodimlar ham o‘ziga kelib qoladi.
Maktabga kelmagan o‘quvchining ota-onasini javobgarlikka tortish noto‘g‘ri amaliyot degan fikrda bo‘layotganlarga eng og‘ir hududga borib o‘quvchilar davomati bilan shug‘ullanib ko‘rishni maslahat beraman.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:00 / 30.12.2025
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
22:32 / 29.12.2025
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
12:39 / 28.12.2025
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
00:18 / 26.12.2025
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
Shuningdek, 2025-yil davomida maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
22:32 / 29.12.2025
Yangiliklar
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Maxsus kameralar orqali “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularning fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
18:11 / 30.08.2025
Yangiliklar
May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
15:30 / 06.05.2025
Yangiliklar
Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
06:15 / 19.03.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang