Maktab o‘qituvchisi uchun qanday malaka talablar belgilangan?
21:58 / 05.02.2024
9.19k
Maktab o‘qituvchisiga qo‘yilgan malaka talablar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbar va xodimlarining malaka tavsiflari” bilan belgilangan.
O‘qituvchi lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablar quyidagicha:
➖boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
➖fan o‘qituvchisi uchun - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
➖ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ixtisoslashtirilgan fan o‘qituvchisi uchun – kamida birinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
➖Mikrosoft Oficce dasturi (Word, Excell, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
Qo‘shimcha talablar: Ta’limga oid normativ hujjatlarni bilishi. Davlat tili va (qo‘shimcha tillarni bilishi ustunlik beradi)
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
07:50 / 23.04.2026
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
13:20 / 20.04.2026
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
09:20 / 18.04.2026
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
20:00 / 13.04.2026
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Mavzuga doir yangiliklar
Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023
So'ragan edingiz
Magistraturani tamomlagan o‘qituvchiga qanday imtiyoz yoki ustamalar bor?
Magistr darajasiga ega pedagoglarga nisbatan qonunchilikda ayrim imtiyozlar amal qiladi, lekin buning uchun maxsus ustamalar belgilanmagan.
22:00 / 21.02.2024
Oylik maosh
Oshirilgan maoshlar bo'yicha hisoblanganda pedagoglar qancha oylik olishi kerak?
2023-yil 1-dekabrdan boshlab ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirildi.
15:06 / 06.01.2024
Bilasizmi?
Ayrim jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi
Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining g‘olibini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi.
11:49 / 27.01.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang