Top.Mail.Ru
Maktab va maktabgacha ta’lim tizimi uchun interaktiv so‘zlovchi xarita ishlab chiqildi

Maktab va maktabgacha ta’lim tizimi uchun interaktiv so‘zlovchi xarita ishlab chiqildi

20:00 / 24.02.2024 2.71k
Prezidentning 2020-yil 7-sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoniga muvofiq, Kadastr agentligi, Bosh prokuratura hamda “O‘zbekkosmos” agentligi hamkorligida “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilgan edi.

Kuni-kecha, Kadastr agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi va “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan maktab va maktabgacha ta’lim uchun interaktiv so‘zlovchi xarita ishlab chiqilganligi aytildi. Bu haqida UzA xabar berdi.

Aytilishicha, bunday loyiha O‘zbekistonda ilk marta qo‘llanilmoqda. Tinglovchilar bu xaritalarni eshitish orqali tez va oson o‘rganib olishlari mumkin. Xarita 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

Nafaqat bolalar, balki yoshi katta insonlarni ham o‘ziga jalb qila oladigan bu xaritadan foydalanish davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlari haqida umumiy ma’lumotni olish mumkin.

Bundan tashqari, xaritadan O‘zbekiston madhiyasi, qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi haqida ham ma’lumotlar o‘rin olgan. Hozircha faqat o‘zbek tilida so‘zlovchi xarita, keyinchalik takomillashtirilib rus, ingliz va boshqa tillarda ham ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. 

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'lim siyosati

Ulashish