“OpenBudget”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan maktablarni vazirlik saralab beradi
09:00 / 02.03.2024
3.82k
Avvalroq, 2023-yilda “OpenBudget” loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lmagan maktablarning jihozlash bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi haqida ma’lum qilgandik.
Juda ko‘plab pedagoglar biz ham 2023-yilda “OpenBudget” loyihasida qatnashib, 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagandik, bizning maktabga ham mablag‘ ajratiladimi deb murojaat yo‘llamoqda. Shu sababli, mazkur masalani yanada batafsil o‘rganib chiqishga harakat qildik.
Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra “Tashabbusli byudjet”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun ta’lim muassasalariga 164 mlrd 237 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan.
Xalqtaliminfo.uz manbasining aniqlik kiritilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun ta’lim muassasalariga ajratilgan 164 mlrd 237 mln so‘m mablag‘ni eng dolzarb loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni reja qilmoqda. (asosli hujjat mavjud)
Bunda ushbu mablag‘lar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tahlillari asosida jihozlash bilan bog‘liq loyihalar orasidan eng dolzarb loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qaysi maktabning jihozlash bilan bog‘liq ehtiyoji yuqori bo‘lsa, ana shu maktabni tanlab beradi.
Aytaylik, 2023-yilda “OpenBudget” loyihasida jami 200 ta maktab 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan bo‘lsa, Davlat byudjetidan ajratilgan 164 mlrd 237 mln so‘m mablag‘ni xuddi shu maktablarga taqsimlash kerak bo‘ladi. (maktablar soni tahminiy ko‘rsatildi)
Agar har bir ta’lim muassasasining jihozlash bilan bog‘liq loyihalari o‘rtacha 1 mlrd so‘mni tashkil qilsa, yuqoridagi summani o‘rtacha hisobda 164 ta maktabga yetkazish imkoni bo‘ladi xolos. Qolgan 40 ta maktabning jihozlash bilan bog‘liq ehtiyoji yuqori bo‘lmaganligi uchun ular moliyalashtirib berilmasligi ham mumkin.
Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tahlillari asosida amalga oshiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
22:41 / 24.10.2025
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
22:03 / 24.10.2025
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
12:14 / 24.10.2025
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
10:22 / 23.10.2025
Kimlar yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi ekanligi aniq bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Majburiy ovoz to‘plangan maktablar “Open Budjet”dan chetlatiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” loyihasida majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatilishini ma’lum qildi.
12:24 / 18.03.2025
Muallimdan maktub
“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda
So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi.
00:54 / 16.03.2025
Yangiliklar
“OpenBudjet” uchun o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan olingan
“OpenBudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ma’lum qildi.
22:09 / 11.03.2025
Yangiliklar
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Loyihaning joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan
12:27 / 18.12.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang