Yakuniy imtihondan o‘tolmagan maktab bitiruvchisini sinfda qoldirib yuborish mumkinmi?

09:20 / 18.03.2024
4.76k
Maktab bitiruvchilari uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan o‘tish majburiydir.
Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarning bajarilishi bo‘yicha yakuniy attestatsiya yozma, og‘zaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi o‘quv dasturi asosida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.
Xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.
Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldirilishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:37 / 20.05.2025
Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi

16:16 / 19.05.2025
Deyarli 60 foiz o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmagan

14:00 / 16.05.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin

14:05 / 14.05.2025
“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer
Mavzuga doir yangiliklar

Oʻquvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari tasdiqlandi
2023-2024-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi tartib tasdiqlandi.
05:00 / 30.03.2024

Chet tili fanlari boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi
Imtihondan kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar ozod qilinadi.
12:00 / 30.03.2024
Izohingizni tahrirlang