Oʻquvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari tasdiqlandi

05:00 / 30.03.2024
28.61k
Maktabgacha maktab ta’limi vazirining 2024-yil 20-martdagi 87-sonli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi tartib tasdiqlandi.
Unga ko‘ra yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari quyidagicha belgilandi:
9-sinf uchun
- Ona tili va adabiyot – yozma
- Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) – yozma
- Matematika – yozma
- O‘zbekiston tarixi – yozma va og‘zaki
- Jismoniy tarbiya – amaliy
Yakuniy nazorat:
11-sinf uchun
- Ona tili va adabiyot – yozma (insho)
- Matematika – yozma
- O‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun) – yozma va og‘zaki. Ta’lim muassasasi tanlovi**
- Chet tili –yozma/og‘zaki
- O‘zbekiston tarixi – yozma/og‘zaki
*O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:
Kimyo
Fizika
Davlat huquq asoslari
Geografiya – yozma
Izoh: * 11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanloviga ko‘ra tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin o‘quvchining arizasiga ko‘ra tanlanadi.
** 11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanlovi va ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin ta’lim muassasasi tomonidan tanlanadi. Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.
9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan – 27-may, Matematika fanidan – 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.
11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.
Ko‘zi ojiz, zaif ko‘ruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar umumta’lim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkazilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
Kar, zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar Ona tili va adabiyot fanidan bayon va Matematika fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faqat Texnologiya fani bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

17:08 / 17.09.2025
Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

16:49 / 16.09.2025
Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

14:18 / 15.09.2025
Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

14:08 / 15.09.2025
Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylar bilan bo‘lib o‘tayotgan muloqoti chog‘ida maktab o‘quvchilari olgan sertifikatlar maktabdagi yakuniy imtihonlarda ham tan olinishi aytildi.
14:18 / 15.09.2025

Chet tili fanlari boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi
Imtihondan kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar ozod qilinadi.
12:00 / 30.03.2024

Yakuniy imtihondan o‘tolmagan maktab bitiruvchisini sinfda qoldirib yuborish mumkinmi?
Qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldirilishi mumkin.
09:20 / 18.03.2024
Izohingizni tahrirlang