Attestatsiyadagi texnik nosozlik sabab o‘qituvchilar uzoq vaqt zalda qolib ketgan
“Farg‘onaga attestatsiyadan o‘tgani bordik. (Ayolim informatika o‘qituvchisi). salkam 100 km masofa bosib bordik. Soat 11 da kirib ketib 15:00 gacha yo‘q bo‘lib ketdi. Keyin bilsam test ishlayotgan joyda bazalari ishlamay qotib qolgan, 11 ta savol ochilgan, qolgani ko‘rinmagan. Ajratilgan vaqt tugaguncha kutishgan. Ishlamasdan vaqt tugagan. Nazoratchi yakunlashni bosib boshqatdan boshlanglar degach, yakunlash bosilgan. Qaytadan ochilmagan.
Natija esa 10 ta to‘g‘ri javob (11 ta ochilgan xolos-ku). Xo‘sh, endi ishlamay qolgan baza ortidan shuncha tayyorgarlik ko‘rib, test isholmagan ustozlarning taqdiri nima bo‘ladi? O‘zi nimaga shuncha vaqt davomida shu bitta bazani qotmaydigan qilib tayyorlay olishmagan? Attestatsiyaga to‘langan pullarning bir qismi bo‘lsa ham tuzukroq dasturchilarga berilganda bunaqa asabbuzarliklar bo‘lmas edi balki.
Deyarli hamma o‘qituvchida shu holat bo‘libdi Farg‘onada. Menman o‘zimning boshimdan o‘tganini yozdim. Balki, boshqalar ham murojaat qilib qolar. O‘zi onlayn uzatib turilgan video o‘chib qolganida ham ko‘nglimga xavotir o‘ralagandi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berilayotgan video yarim soat ham ishlamasdan “Error” bo‘lib qoldi-ku.”
“Bizni testimiz 11 tasi ochilgan joyida qotdi 3 soat kutdik, keyin nazoratchi yakunlashni bosib boshqatdan ochib beraman dedi, yakunlashni bosib boshqatdan ochishga urinish samara bermadi, nazoratchi telegramdan boshqarmaga pasport ma’lumotlarimizni yuborib qaytadan ochib berishini aytdi, lekin baza ishlamadi, noiloj soat 15 dan o‘tib uyga qaytdik”, - deydi murojaatchi.
“16-aprel kuni bizda ham qotib qoldi va bizga ketishimizga ruxsat berib yuborishdi, may oyida hamma fandan keyin kirar ekanmiz, masalan menda bugunning o‘zida ishlagani yaxshi edi, sababi savollarim belgilanmagan qolgan bo‘lsa-da, 68 ball olib bo‘lgan ekanman, 1 toifani olgan bo‘lardim, agar ishlaganda. Judayam alam qildi, yana shuncha kutib vaqtimiz va asabimiz ketgani qoladi.”
“Attestatsiya shaffof bo‘lmadi deb hisoblaymiz savollari ham soat 08:00 da tarqab ketdi ijtimoiy tarmoqlarga. To‘g‘ri belgilab chiqqan savollarimiz ham noto‘g‘ri chiqib, to‘plagan ballarimiz kam chiqdi. Bu vaziyat faqat menda bo‘ldimi desam, boshqa viloyatdagi ustozlarimizda ham shunday vaziyat bo‘lgan ekan. Qolaversa, savollarga ham e’tirozim bor.”
“15-aprel kuni ertalab 9:00 da attestatsiya imtihoniga kirdik. Baza qotib qolgan, yaxshi ishlamaydi. 1 soatda test ochildi. Tugagandan keyin 2 soat kutdik. Test natijasi chiqmadi. 3-4 martalab yakunlash qilsak ham natija chiqmadi. 13:40 larda soat chiqdik. Biz norozimiz. Iloji bo‘lsa testni boshqatdan ishlasak. Ruxsat berishlarini so‘raymiz. Bazaning faol ishlashini ham. Qancha pedagoglarning taqdiri hal bo‘lyapti. Testni yana bir bor topshiraylik, iloji bo‘lsa.”
“Baza qotib qoldi, testni oxirigacha ham ko‘rib chiqolmadim, hammadan qaytadan olsin! Beshariq tumanidan 70 ta xodim test topshirgani borgan, lekin 3 donasi o‘tib kelgan, men maktabimizda xalqaro tadqiqot bo‘lganligi sababli bugun bordim, 11:00 da testga kirdim, 5-testga kirmadi, ochmadi qotib turaverdi, 3 soatdan keyin javob berib yuborishdi, qaytadan hammadan keyin olamiz o‘zimiz chaqiramiz deyishdi.”
“Buxoroda navbatimiz 15-aprel kuni 16:00 da edi, afsuski, texnik nosozliklar sabab 19:00 ga kirib 21:00 da chiqdik. Savollar yechish yo‘nalishini bilardik. Afsuski, juda ko‘p elementar xatoliklar qilgan ekanmiz, chiqib tahlil qilsak. Ertaga kirsak maylimi deb ham so‘radik, yo‘q deyishdi. Kechga kirgizganimiz uchun ustimizdan yozmaysiz ham, deyildi. Uyga 23:00 da kirib keldik. Shumi o‘qituvchiga sharoit, imkoniyat yaratish. Yana qayta topshirishga ruxsat berishsin bizga ham.”, - deydi buxorolik o‘qituvchi.
“Men kecha testga kirib chiqdim va yetarlicha balni yig‘a olmadim. Bir narsaga men hayron bo‘lyapman: Men avval bilgan savollarimni birma-bir belgilab chiqdim. Keyin masalalarga qaytib ishlamoqchi bo‘lib qarasam, ko‘p savollarim belgilanib qolgandi. Men ana shu holatda ham chuv tushdim shekilli. Chunki belgilagan testlarimga qaytib belgilashga vaqtdan qizg‘andim”, deyiladi o‘qituvchi yozib qoldirgan izohlarning birida.
“Men noroziman! Avvalam bor soat 8:00 da birinchi guruh bo‘lib kirdik, baza ishlamay qotib qolib 1 soat sozlashdi va 11:30 da chiqdik, tashqarida biz ishlab o‘tolmagan test aylanib yuribdi. 100 kishi kirgan bo‘lsa 3 tasi o‘tdi xolos. Savollarda xatolik ko‘p edi, variantlarning ko‘pi bir xil edi, pedagogik mahoratdan ham.
Oliyga topshirgan ham 2 ga topshirgan ham shu savol. Qani adolat? Oliyga tajribali yoshi kattaroq o‘qituvchi boradi , ikkiga yangi yosh mutaxassis boradi. Lekin savollar bir xil. Savollar tarqalgach, ikkiga topshirgan oliyni natijasini olyapti 82 ball. Shaffof deb bong urishadi bod-bod qani haqiqat? Bekor qilinib boshqatdan topshirsin hamma. Iloji bo‘lsa bir vaqtda kirsin hamma.”
“Kecha, 15-aprel Buxoroda testni yakunlaymiz deganda tok o‘chdi, tok yonishini kutdik 30 daqiqa. Nazoratchilar kattasi kelib testingizni qolgan joyidan davom ettirasizlar, tushkunlikka tushmang deyishdi. Lekin ming afsuski, yangitdan javoblari chalkash, mantiqsiz testlar tushdi. Shaxsan men o‘ta tushkun holatga tushdim, bollarim bog‘cha yoshida bo‘lib qarovsiz qolib ketdi.
Bu qanaqa tizim talabga javob bermas ekan, nima qilardi, tumandan kelgan o‘qituvchini xor va sarson qilib ustidan kulishmi bu? Bechora o‘qituvchi 22:10 da kirib boryapti uyiga ayol boshi bilan. Yomg‘irda taksi kutib. Mana o‘qituvchining ahvoli. 100 kishidan atigi 2 tasi o‘tdi, uning 1 tasi himoya. Kechagi jarayondan noroziman qayta o‘tkazsin.”, deydi yana bir pedagog.
“15-aprel kuni Namanganda ham soat 15:20 da kirdik imtihonga. Lekin 20 daqiqa qolganda svet o‘chib qoldi. Nazoratchilar hozir yonadi va o‘sha joyidan testingizni ishlab davom ettirasiz deyishdi. Lekin svet yongach, boshqatdan yangi savollar tushdi. O‘qituvchi 50 ta testni ishlab charchaydi, tok o‘chganiga ruhiyati tushadi, lekin buni hech kim hisobga olmadi. Testni ishlamay chiqib ketmoqchi bo‘lganlarga ertaga kelsangiz kirgizmaymiz deb tazyiq ostida testni qaytadan ishlashga majbur qildi nazoratchilar.
Shuning uchun olgan balidan qoniqmagan ustozlarga yana bir imkon berilishini so‘ragan bo‘lar edim. Sababi bir imkoniyat o‘qituvchiga ishtiyoq bo‘lardi, yana ham o‘z ustida ishlashga harakat qilib xatolarini tahlil qilar edi. Agar imkon bo‘lsa, 15-aprel sanasida kirgan ustozlarga yana bir imkon berilishini so‘rayman. Agar o‘z kuchi bilan yuqori ballga ega o‘qituvchilar yana qayta topshirganda ham hech ikkilanmay yana undan yuqori ball to‘play olishsa kerak.”, - deydi yana bir o‘qituvchi.
Pedagog xodimlardan kelib tushayotgan qo‘shimcha e’tirozlar bilan mana bu manzilda tanishib chiqishingiz mumkin.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
“Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan pedagoglar ishdan olinadi” — pedagoglarga bosim o‘tkazilmoqda
Navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza topshirgan pedagoglarga (asosan bog‘cha tarbiyachilariga) arizasini qaytarib olish, arizasini qaytarib olmaganlar yoki malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularga turli xil bosim o‘tkazish holati aks etgan xabarlar tarqalmoqda.
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang