Pedagoglarga ustama to‘lanadigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi
12:30 / 30.05.2024
26.76k
Ko‘pchilik pedagoglar e’tiroz bildirgach, hujjat loyihasida nazarda tutilgan ayrim xalqaro sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib tashlanmadi. Shuningdek, Milliy sertifikatga ustama olish uchun o‘qituvchilar necha ball yig‘ishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.
Mazkur qaror bilan:
- umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati;
- umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati alohida roʻyxat shaklida tasdiqlandi.
Shuningdek:
- taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtmagan test markazlarida, masofadan (uyda) nazoratsiz olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllamaslik;
- amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qoʻllash tartibi belgilandi.
Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi quyidagi sertifikatlari chiqarib tashlandi:
- italyan tili boʻyicha — Accademia Italiana di Lingua (AIL);
- arab tili boʻyicha — The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL);
- yapon tili boʻyicha — Japanese Language Proficiency Test (JLPT);
- koreys tili boʻyicha — Test of Proficiency in Korean (TOPIK I);
- turk tili boʻyicha — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydın TÖMER).
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Agentlik tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
23:18 / 19.05.2026
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
Yangiliklar
“X-variant” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi zarur” — tarixchilar va jamoatchilik faollari
Tarix fanidan “Milliy sertifikat” imtihonlari atrofida davom etayotgan “x-variant” mojarosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
12:30 / 13.05.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang