CHQBT fani o‘qituvchisiga toifasi bo‘yicha haq to‘lanadimi?
13:00 / 01.06.2024
7.03k
Savol
Men 2022-yil 29-iyun kuni CHQBT fanidan attestatsiyada qatnashib, II-malaka toifasini oldim. Shu kunga qadar mening II-malaka toifam bo‘yicha ish haqi to‘lanmadi, shunga aniqlik kiritib bering, iltimos.
Javob
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etilgan.
Unga ko‘ra 2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi.
2024-yil 15-yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan CHQBT fani o‘qituvchisiga quyidagicha haq to‘lanishi lozim:
- Mutaxassis – 2 mln 948 ming 543 so‘m;
- Ikkinchi toifali – 3 mln 301 ming 055 so‘m;
- Birinchi toifali – 3 mln 678 ming 381 so‘m;
- Oliy toifali – 4 mln 064 ming 865 so‘m.
Agar CHQBT fani o‘qituvchisi ilgari malaka toifasini olgan bo‘lsa, unda 2024-yil 15-yanvardan boshlab ularning malaka toifasiga mutanosib ravishda oylik ish haqi to‘lab borilishi lozim deb hisoblaymiz.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
22:27 / 24.10.2026
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
11:39 / 23.10.2026
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
14:45 / 22.10.2026
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
14:57 / 21.10.2026
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Qozog‘iston magistrlik diplomi uchun malaka toifasi beriladimi?
Ushbu universitet esa mazkur nizom talablariga mos tushmaydi. Shu sababli, mazkur universitet diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinmasligi mumkin.
15:24 / 21.08.2026
So'ragan edingiz
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
16:30 / 12.05.2026
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
17:11 / 12.02.2026
Yangiliklar
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
22:45 / 10.11.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang