Yangi ishga kirgan o'qituvchiga ham "otpuska" beriladimi?
17:30 / 03.06.2024
8.44k
Savol
Men o‘qituvchiman. Aprel oyida ishga kirdim. Iyundan ta’tilga chiqsak, menga ham ta’til beriladimi, chunki bor-yo‘g‘i 2 oy ishlagan bo‘laman xolosku?
Javob
Men o‘qituvchiman. Aprel oyida ishga kirdim. Iyundan ta’tilga chiqsak, menga ham ta’til beriladimi, chunki bor-yo‘g‘i 2 oy ishlagan bo‘laman xolosku?
Javob
Mehnat kodeksining 227-moddasi 6-qismiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.
Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Ya’ni sizga to‘liq ta’til beriladi, lekin ta’til puli ishlab bergan vaqtingizga ya’ni 2 oyga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.
O‘qituvchi ta’tili 56 kalendar kun. (56 (ta’til kunlari)/12(1 yildagi oylar soni)) *2 (ishlangan oylar soni ) = 9.333...
Mehnat kodeksining 224-moddasiga ko‘ra, ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
Demak, Sizga ta’til to‘liq 56 kalendar kunga beriladi, ta’til puli esa 9 kun uchun to‘lab beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
12:48 / 02.06.2026
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
09:40 / 02.06.2026
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
18:00 / 01.06.2026
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?
56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.
10:00 / 17.05.2026
So'ragan edingiz
O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q.
15:00 / 01.05.2024
So'ragan edingiz
Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan to'lamaydi.
23:15 / 26.06.2024
Yangiliklar
“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
Saidali Muxtoraliyevning fikriga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan va soatbay haq to‘lash tartibini belgilovchi hujjat (3127-sonli) Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, bu pedagoglarning mehnat ta’tili olish huquqini cheklab qo‘ymoqda.
17:09 / 11.06.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang