Bolalarni 1-sinfga qabul qilish Mikrohudud doirasida va undan tashqarida amalga oshiriladi
17:32 / 03.07.2024
4.38k
Qonunchilikka ko‘ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi belgilangan.
Mikrohudud doirasida:
Bolalarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili tomonidan har yili 20-iyundan 31-iyulgacha YAIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz portali orqali bolalarni umumta’lim maktablariga o‘qishga joylashtirish uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi.
So‘rovnoma avtomatik tarzda hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga yuboriladi va 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda mikrohudud bo‘yicha maktabga yuboriladi.
Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda murojaati mikrohudud bo‘yicha yuborilgan maktabga onlayn navbat asosida boradi.
Ariza beruvchi farzandlari maktablarga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YAIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Mikrohududdan tashqarida:
YAIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz portali orqali ariza beruvchi (bolalarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili) o‘z xohishiga ko‘ra har yili 1 — 15-avgust kunlarida mikrohududdan tashqari bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan maktablarni tanlagandan so‘ng so‘rovnoma avtomatik tarzda tanlagan mikrohududdan tashqari bo‘lgan maktablarga yuboriladi va onlayn navbatga avtomatik qo‘yiladi.
Onlayn navbatda belgilangan muddatda ariza beruvchi o‘z farzandi bilan mikrohududdan tashqarida bo‘lgan maktabga boradi.
Mikrohududdan tashqarida bo‘lgan maktab bolaning maktabga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YAIDXP (my.gov.uz) yoki my.maktab.uz portali orqali shu kunning o‘zida ariza beruvchiga yuboradi.
O‘quvchi o‘rniga nisbatan ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan umumta’lim maktablarida mikrohududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Manba: Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
15:00 / 05.03.2026
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
12:47 / 05.03.2026
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
15:50 / 04.01.2026
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
10:50 / 03.03.2026
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish borasidagi ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.
17:39 / 10.02.2026
So'ragan edingiz
Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
Umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolaning o‘qish jarayonlariga moslashuvi ta’limning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bunda ularning ham jismonan, ham ruhan sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
11:58 / 23.06.2025
Yangiliklar
Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi
Qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanadi.
11:30 / 10.06.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang