Endi "Kasbiy rivojlanish kuni" belgilangan joyga bormagan o‘qituvchilar ishga kelmagan deb hisoblanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish tartibi belgilandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘i imzolandi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tashkil etiladigan kunlar quyidagicha belgilanadi:
- Dushanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari;
- Seshanba — Filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari;
- Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan – Science) o‘qituvchilari;
- Payshanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari;
- Juma — Xorijiy tillar o‘qituvchilari;
- Shanba — Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘qituvchisining “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida ishtirok etishi uning o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borish bo‘yicha majburiyati etib belgilandi.
Kasbiy rivojlanish kunlari tegishli fan o‘qituvchilari uchun asosan kasbiy rivojlantirish tadbirlarida ishtirok etadigan ish kuni hisoblanadi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari o‘tkaziladigan vaqtda tegishli fan o‘qituvchilarini maktablardagi dars mashg‘ulotlariga va boshqa tadbirlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘qituvchining “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida ishtirok etmaslik holati shu kuni ishga kelmaganlik sifatida qayd etiladi va unga ish haqini hisoblashda amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
O‘qituvchi o‘quv yili davomida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida uzrli sabablarga (mehnatga layoqatsiz bo‘lgani, xizmat safarida bo‘lgani va qonunchilikda belgilangan boshqa holatlar) ko‘ra 12 soat qatnashmagan taqdirda unga “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o‘quv kursida malaka oshirish orqali zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun imkoniyat beriladi.
O‘qituvchi o‘quv yili davomida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida 12 soat uzrli sabablarsiz qatnashmagan taqdirda uning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o‘quv kursida shartnoma asosida malaka oshirishi talab qilinadi.
O‘quv yili davomida uzrli sabablarsiz qatnashmagan va “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida tashkil qilingan maxsus o‘quv kursida malaka oshirmagan o‘qituvchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilingani haqida xabar bergandik.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Oddiy maktablarda qisqartirilgan laborant lavozimi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilindi
2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova
Mavzuga doir yangiliklar
"Kasbiy rivojlanish kuni" qanday tashkil etiladi? Vazirlik ma’lumot berdi
"Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida joriy qilinadi
Mazkur amaliyot 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
O‘qituvchilarning metodik kunlari qayta joriy qilinishi mumkin
Metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida joriy qilinmoqda
Izohingizni tahrirlang