Metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida joriy qilinadi
17:40 / 25.06.2024
20.47k
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Bunda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tarkibi shakllantiriladi.
“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam ko‘rsatiladi, kasbiy rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan bo‘yicha tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tanlanadi va ushbu muassasalarda o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (yangi tashkil etilgan) va hududiy markazlarda mentor-o‘qituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi.
Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, quyidagi hafta kunlari o‘qituvchilarga “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida belgilanishi mumkin:
- Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;
- Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili);
- Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science);
- Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);
- Juma – Xorijiy tillar;
- Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim).
Eslatib o‘tamiz, o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan bekor qilingandi.
Metodik kunlar amaliyotining qayta joriy qilinishi kutilayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:50 / 15.05.2026
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
14:01 / 15.05.2026
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
19:03 / 14.05.2026
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
11:20 / 12.05.2026
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
16:50 / 15.05.2026
Yangiliklar
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
09:30 / 10.05.2026
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Senatorlar mazkur sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, vazirlik mas’ullarini so‘roqqa tutdi.
13:00 / 07.05.2026
Yangiliklar
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha prezident topshirig‘i nega to‘liq bajarilmadi?
Prezident topshirig‘iga asosan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan, jami 1000 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari xorijga malaka oshirishga yuborilishi lozim edi.
19:56 / 22.04.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang