Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga noma’lum shaxs 5000 AQSH dollari tashlab ketti
Joriy yilning 16-avgust kuni Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xonasida noma’lum shaxs tomonidan fayl papka qoldirib ketilgani va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 5000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i borligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha zudlik bilan viloyat boshqarma boshlig‘i va boshqa mas’ul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgan.
Mavjud vaziyat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi hamda holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nazokat Urazova halolligi uchun vazirning tegishli buyrug‘i asosida lavozim maoshining 3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, pora olish-berish bilan bog‘liq harakatlar jinoyat hisoblanib, o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Namanganda ta’lim tizimida ishlovchi mansabdor shaxslar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi.
Yangiliklar
Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilingan.
Yangiliklar
Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon rahbarlik lavozimini hech kimga bermay kelayotgan shaxslar tanqid qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva rahbarlik lavozimini uzoq muddat hech kimga bermay kelayotgan shaxslarni qattiq tanqid qildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang