Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Xabaringiz bor, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan pedagoglarni aniqlash uchun saralash sinovlarining 2-bosqichi — kasbiy mahoratni baholash bo‘yicha suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda. Jarayon joriy yilning 2–6-iyun kunlari belgilangan reja-grafikka muvofiq hududiy Pedagogik mahorat markazlarida o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishlab chiqqan tartibga ko‘ra, agar pedagoglar suhbat natijalaridan norozi bo‘lsa, natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat ichida pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali murojaat qilishlari mumkin.
Bir guruh pedagoglarning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, joriy yil 2-iyundan suhbat jarayonlari boshlangan bo‘lsa-da, suhbat natijalaridan norozi pedagoglar uchun apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati cheklab qo‘yilgan.
Ayni vaqtda apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
Aslida nomzodlar pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifasining “Apellyatsiyalarim” bo‘limi orqali “Apellyatsiya yuborish” tugmasini bosib, kerakli ma’lumotlarni kiritgan holda murojaat yuborishi kerak edi. Ammo hozirgi vaqtda ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilmaganligi aytilmoqda.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holatga to‘liq izoh berishi, tizimda texnik xatolik kuzatilgan taqdirda har bir kechiktirilgan vaqt uchun pedagoglar uchun apellyatsiya berish muddatini uzaytirishi zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich natijalari e’lon qilingan vaqtda ham vazirlik pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyatini cheklab qo‘ygandi. Keyinroq, xalqtaliminfo.uz'da e’lon qilingan tanqidiy maqoladan so‘nggina ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilgandi.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish joyi o‘zgarsa, vazir ustamasi saqlanib qoladimi?
Ish joyi o‘zgargan pedagog kadrlar haqida o‘z vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yozma xabar bermaganligi uchun tegishli tashkilot rahbari javobgar hisoblanadi.
Yangiliklar
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazir ustamasi uchun ajratilgan 204 ta joy esa bo‘sh qoldi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirilmadi
Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi. Xalqtaliminfo.uz holatni o‘rgandi.
Yangiliklar
Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang