30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?

Savol
Bir kunda necha soat dars o‘tishim mumkin? Masalan, 30 soat darsni 3 kunga qo‘yib, 3 kun dam olsam bo‘ladimi? Bu noqonuniy bo‘lib qolmaydimi? Bir hamkasbimizga "zavuchimiz" shunaqa imkoniyat qilib beryapti. Chunki maktabimiz ikki smenali.
Javob
O‘qituvchining ish vaqti uning ish yuklamasidan kelib chiqib aniqlanadi. Bir stavka miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlang‘ich sinflarda 18 soat) ishlaydigan o‘qituvchi Mehnat kodeksining 184-moddasiga ko‘ra, haftasiga 36 soat, kuniga 6 soatdan ishlashi kerak bo‘ladi.
E’tibor bering, pedagog xodim dars o‘tish bilan birga unga qo‘shimcha ravishda pedagogik yuklamani ham bajarishi kerak bo‘ladi.
Chunki, ‘‘Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida’’gi yo‘riqnomada aniq qoidalar belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, pedagog xodimining yillik ish yuklamasi (bir stavka hisobida) bir haftada 36 soat, bir oyda 154,8 soat, bir yilda 1548 soat miqdorida o‘quv-tarbiya jarayoni hamda o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon qismlardan iborat bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
Misol uchun, bir stavka ishlovchi yuqori sinf o‘qituvchisi yiliga 868 soat dars o‘tadi, 680 soat pedagogik yuklamasida belgilab berilgan vazifalarni bajaradi. (20*0,8=16+20=36*4,3(hafta)=154,8*43 (hafta)=1548 soat)
Tabiiyki, bunda 30 soat dars o‘tadigan o‘qituvchining pedagogik yuklamasi yanada ko‘proqni tashkil etadi. Hisob-kitoblar bo‘yicha aytadigan bo‘lsak, bir stavkada ishlovchi o‘qituvchiga kuniga 3 soatdan dars qo‘yilgan taqdirda, u pedagogik yuklamasi bilan birga yana 3 soatga yaqin ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ya’ni, bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud. 1.5 stavkada ishlaydigan xodimga esa 3 kunni bo‘shatib berish mutlaqo imkonsiz.
30 soat dars olgan o‘qituvchi pedagogik yuklamasi bilan birga qo‘shib hisoblaganda, haftasiga 6 kun ishlagan taqdirda bir kunda 9 soatdan ishlashiga to‘g‘ri kelib qoladi. (30*0,8=24+30=54; 54:6=9)
Agar 30 dars 3 kunga qo‘yib beriladigan bo‘lsa, o‘qituvchi 18 soat ishlashiga to‘g‘ri keladi. (54:3=18) Bu esa qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi.
Agar qaysidir ta’lim muassasasida 30 soat dars 3 kunga qo‘yib berilayotgan bo‘lsa, unda qonun buzilishi ro‘y bergan. Agar bu holat tegishli davlat idoralari tomonidan aniqlansa, ish beruvchiga nisbatan javobgarlik belgilanadi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bu yil davlat granti kvotasining 84,2 foizini maktab bitiruvchilari egalladi

Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi
Mavzuga doir yangiliklar

Yuqori sinf o‘qituvchisi boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya”dan dars bersa bo‘ladimi?
“Tarbiya” fani mutaxassisligiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar yoki “Tarbiya” fanidan qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchilar yuqori hamda boshlang‘ich sinflarda dars berish huquqiga ega.

B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.

Darslar taqsimlanmay turib, yana yangi xodim ishga olinishi to‘g‘rimi?
Direktor yana yangi nomzodlarni ishga olsa, yutuqlari mavjud bo‘lgan pedagoglarga dars soatlari yetmay qolish holati kuzatilishi mumkin.

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Izohingizni tahrirlang