O‘quvchilarning poyezd ustida selfi tushishi qimmatga tushdi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilarini tok urdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga joriy yilning 17-sentyabr kuni 13:00 larda bu haqda xabar berilgan. Xabarga asosan tergov tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Aniqlanishicha, Buvayda tumaniga qarashli 1-sonli maktabning 2 nafar 10-sinf va 1 nafar 8-sinf o‘quvchilari Uchko‘prik tumanidagi temiryo‘l bekatiga borgan. Ular temiryo‘l izlarini belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, taqiqlangan hududga kirgan.
Ular bekatda turgan bug‘doy tashuvchi vagonning ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ehtiyotsizligi oqibatida ikki nafar o‘smirni yuqori kuchlanishli elektr toki urgan. Turli darajada tan jarohatlari olgan bolalar tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborilgan.
Birinchi bemor jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning tanasi 63 foiz kuygan. Ikkinchi bemorga tananing termik kuyish va o‘ng son suyagi sinishi tashxisi bilan yordam ko‘rsatilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi

Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi

Ta’limdagi o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro reytingdagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etildi
Mavzuga doir yangiliklar

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
5 kun avval Namangan viloyatidagi shimoliy Farg‘ona kanalida ikki nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabar berdi.

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida bir kunda uch bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi.

Maktab o'quvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi
O'quvchi soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o'ynagani borgan

O‘tgan yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”da cho‘milishga borgan 3 nafar o‘quvchi cho‘kib ketgandi
Qirg‘oq bo‘ylab cho‘milishni taqiqlovchi belgilar o‘rnatilishi kerak edi.
Izohingizni tahrirlang