Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Ikki nafar bola fermer dalasidagi hovuzga, biri esa ariqqa cho‘kib vafot etgan. Tuman hokimi Qayum Xushbaqov hududdagi barcha maktablarning sinf rahbarlariga uyma-uy yurib, o‘quvchilar ota-onasining yonida yoki yo‘qligini tekshirib chiqishni topshirgan.
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida bir kunda uch bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 24-may kuni Paxtachi tumanidagi 6-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari A.S. va N.M. cho‘milish maqsadida hududdagi fermer dalasidagi hovuzga borgan. Cho‘milish jarayonida ular hovuzga cho‘kib, vafot etgan.
O‘sha kuni sodir bo‘lgan yana bir holatda esa tumandagi 32-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi B.N. ariqqa cho‘kib halok bo‘lgan.
“Tushdan so‘ng otasi bilan dalaga mol sug‘organi borgan. Mollarni sug‘orib bo‘lgach otasi ortga qaytgan, bola esa dalada qolgan. Ariqqa yiqilgan, hushidan ketganmi, hali biz ham aniq bilmaymiz. Ekspertiza xulosalariga qarab aniqlanadi endi. Otasining aytishiga qaraganda, cho‘kib o‘ladigan ariq bo‘lmagan”, deydi maktab direktori Sherali Eshdavlatov Kun.uz nashriga bergan intervyusida.
Xabar qilinishicha, kuzatilgan ushbu holatlardan keyin Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbaqov hududdagi barcha maktablarning sinf rahbarlariga uyma-uy yurib, o‘quvchilar ota-onasining yonida yoki yo‘qligini tekshirib chiqishni topshirgan.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi Baxtigul Qarshiyevaga ko‘ra, holatlar dars vaqtida bo‘lmagan.
Shuningdek, yozgi ta’til boshlanayotgani munosabati bilan taqiqlangan hududlarda cho‘milmaslik, bolalarni cho‘milish havzalariga yubormaslik bo‘yicha kafolat xatlari olingan.
Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yilning 27-iyun kuni 190-son bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javobgar hisoblanadi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopiladi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Issiq ob-havo tufayli Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar yopilmoqda
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Mavzuga doir yangiliklar
Bir o‘quvchi fojiali tarzda halok bo‘ldi. Nega mas’ullar sukut saqlamoqda?
"Andijon polkasi" tadbiridan qaytayotgan Asaka tumanidagi 14-maktabning 8-sinf o‘quvchilari yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda bir nafar o‘quvchi hayotdan bevaqt ko‘z yumdi, yana besh nafar o‘quvchi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Maktabgacha ta'lim
3 yoshli bog‘cha bolasi mashinada unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi
Holat Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidagi “Zafar” MFYda joylashgan xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan.
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 2018 hamda 2020-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka suv taqsimlagich omboriga tushib ketishi natijasida vafot etdi.
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang