Top.Mail.Ru
Musiqa o'qituvchilari tarkibi tanqidiy ko'rib chiqiladi

Musiqa o'qituvchilari tarkibi tanqidiy ko'rib chiqiladi

14:55 / 30.09.2024 3.70k

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hilola Umarova va Ozodbek Nazarbekovlarga musiqa o‘qituvchilari tarkibini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi.


Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan muloqotda musiqa o‘qituvchilarining o‘zi maqom san’atini, teatr madaniyatini, qolaversa, soz chalishni qay darajada biladi? degan savolni o‘rtaga tashladi.

“Madaniyat va san’at bilan oshno bo‘lgan o‘quvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi. Shuning o‘zi alohida maktab, alohida tarbiya, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, musiqa o‘qituvchilarining o‘zi maqom san’atini, teatr madaniyatini, qolaversa, soz chalishni qay darajada biladi?

Nazarbekov, Umarova bilan birgalikda musiqa o‘qituvchilari tarkibini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish choralarini ko‘radi. 

Shu bilan birga, Nazarbekov madaniyat va san’at tizimidagi oliygohlarda umumta’lim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlariga mas’ul bo‘ladi. Umarova “Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilishi zarur.

Bu jamoalarga musiqa o‘qituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari  esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi. Bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ysak, har bir maktab va mahallaga albatta madaniyat kirib boradi”, dedi Prezident.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Shavkat Mirziyoyev
  • Ta'lim siyosati

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi

Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tyapti.

11:40 / 24.02.2026
Ta'lim siyosati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

16:00 / 18.02.2026
Ta'lim siyosati

O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?

O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.

19:30 / 09.02.2026
Ta'lim siyosati

2030-yilgacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Joriy yilning 26-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati borligini ta’kidlaganidan keyin, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.

15:07 / 28.01.2026