Musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fani o‘qituvchilarini katta o‘zgarishlar kutmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 7-noyabr kuni maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda musiqa, jismoniy tarbiya hamda chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari faoliyati tanqid qilindi.
Musiqa fani o‘qituvchilari
Qayd etilishicha, maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi. Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.
Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun uslubiy qo‘llanmalar mavjud emas. O‘quvchilarni seleksiya qilish tizimli emas.
Shuning uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, o‘quv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda ham o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport bo‘yicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari
Hozirda maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday pedagoglar faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin ularning 27 foizi nomutaxassis. 2 ming 750 ta maktabda ushbu fan uchun sharoit yetarli emas.
Shu bois endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.
Mazkur fan bo‘yicha yangi o‘quv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
Prezident To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmaganini aytdi.
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tyapti.
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang