Ta’lim kodeksini yaratishning zaruriy ahamiyati nimada?
16:32 / 21.11.2024
893
Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada tartibga solish, sohani tartibga solish, taʼlimga oid barcha normalarni tizimlashtirish taʼlim sifatini oshirish va pedagoglarning huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonda taʼlimga oid mavjud normativ-huquqiy hujjatlarning koʻpligi va turli xil boʻlgani bois, ularni kodifikatsiya qilish, huquqiy boʻshliqlarni toʻldirish ehtiyoji paydo boʻlmoqda.
2024-yilning 28-avgust kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekistonda Taʼlim kodeksini yaratishga ehtiyoj borligi, hozirgi kunda pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarning koʻpligi bois, sohaga oid qandaydir savolga duch kelinsa, minglab hujjatlarni koʻzdan kechirib chiqishga toʻgʻri kelayotganligi haqida aytgandik va Taʼlim kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surgandik.
Bu taklifni vazir Hilola Umarova ham qo‘llab-quvvatlab, birgalikda jamoa tuzish va shu kabi takliflarni bir joyga jamlanishini aytgandi. Ammo hozircha, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻsha kungi matbuot anjumanidan soʻng Taʼlim kodeksi gʻoyasini amalga oshirish bo‘yicha sezilarli qadamlar tashlaganicha yoʻq.

Taʼlim kodeksini yaratish gʻoyasi shundan iboratki, bu kodeks orqali barcha taʼlimga oid huquqiy hujjatlar yagona meʼyoriy hujjat sifatida tizimlashtiriladi. Kodeks pedagog xodimlarning huquqlari va majburiyatlarini, taʼlim tashkilotlari faoliyatini, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan bogʻliq boʻlgan barcha huquqiy masalalarni aniq belgilab beradi. Bu orqali taʼlim tizimida uchrayotgan huquqiy chalkashliklar, noaniqliklar va ayrim meʼyorlarning bir-biriga ziddiyati bartaraf etiladi.
Taʼlimga oid mavjud qonun hujjatlari bilan qanday muammolar yuzaga kelmoqda?
Hozirgi kunda pedagog xodimlar faoliyatini tartibga solish boʻyicha koʻplab hujjatlar mavjud. Misol sifatida birgina xorijiy til oʻqituvchisini keltiradigan boʻlsak, ular bilan mehnat shartnomasi tuzish hamda ularning mehnat faoliyatiga oid huquqlarini taʼminlash uchun ish beruvchi ham pedagoglar ham quyidagi hujjatlar bilan tanishib chiqishiga toʻgʻri kelmoqda:
- 1.Mehnat kodeksi (mehnat shartnomasi tuzish shartlari);
- 2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori. Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. (Agar olis hududda ishlasa);
- 3.Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori. Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida ishlaydigan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar;
- 4.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli Qarori (xorijiy tillar roʻyxati keltirilgan);
- 5.Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qarori (xorijiy til oʻqituvchisiga B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi qoʻyilganligi);
- 6.Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori (birinchi marta ishga kirayotgan pedagoglarni kasbiy sertifikatlash toʻgʻrisida);
- 7.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 22-fevraldagi 51-sonli buyrugʻi (birinchi marta ishga kirayotgan pedagoglarni kasbiy sertifikatlash toʻgʻrisida);
- 8.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 1-avgustdagi 238-sonli buyrugʻi (Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari);
- 9.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 16-oktyabr kungi 343-sonli buyrugʻi, 43-ilovasi. (Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlash toʻgʻrisida);
- 10.“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma. (20.08.2018. roʻyxat raqami 3058);
- 11.“Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom. (30.06.2020. roʻyxat raqami 3271);
- 12.Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori. (Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida);
- 13.Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi sinf rahbarining lavozim yoʻriqnomasi” (Agar sinf rahbari boʻlsa);
- 14.“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom. (17.09.2021. VMQ-572-son);
- 15.“Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom. (17.01.2022. VMQ-25-son);
- 16.“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom. (30.09.2019. VMQ-823-son);
- 17.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli farmoni. (xalqaro tan olingan hamda milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ustama toʻlash toʻgʻrisida).
Pedagog xodimlar bilan mehnat munosababtlarini tartibga solishda ayrim noaniqliklar mavjud
Baʼzan mehnat qonunchiligi va pedagogik faoliyatning oʻziga xosligi oʻrtasida muvofiqlik boʻlmasligi mumkin. Bu pedagoglarning huquq va majburiyatlarini aniq tushunishlarini qiyinlashtiradi. Natijada mehnat shartnomalari notoʻgʻri tuzilishi mumkin. Bunda biz bir nechta muammoli holatlarini koʻrishimiz mumkin:
Birinchi holat: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori bilan olis hududdagi taʼlim muassasasida ishlash istagida boʻlgan talabgorlar bilan mehnat shartnomasi tuzishning oʻziga xos talablari belgilangan. Birgina Qashqadaryo viloyati misolida oladigan boʻlsak, 2023-yilda pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasi belgilangan talablar boʻyicha tuzilmaganligi bois Qashqadaryo viloyati hokimligi ayrim oʻqituvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlarini toʻlab berishdan bosh tortgan.
Amaldagi tartibga koʻra olis hududdagi taʼlim muassasasida ishlash istagida boʻlgan talabgor viloyat hokimligi bilan belgilangan imtiyozlardan foydalanish boʻyicha shartnoma imzolashi hamda hokim masʼul oʻrinbosari tavsiyanomasini olishi kerak edi. Ammo olis hududdagi taʼlim muassasasida ishlash istagida boʻlgan pedagoglar hamda ish beruvchilar buning tartibini toʻliq tushunmaganligi sababli, pedagog xodimlarga belgilangan toʻlovlar amalga oshirilmadi.

Ikkinchi holat: Taʼlim muassasalaridagi “ish oʻrni” tushunchasida ham noaniqliklar mavjud. Chunki, taʼlim muassasalaridagi oʻqituvchilik ish oʻrinlari asosan dars soatlari miqdoridan kelib chiqib belgilanib kelinmoqda. Natijada, ayrim pedagog xodimlar hali toʻliq bir stavka ish bilan taʼminlanmay turib, taʼlim muassasasiga yana yangi xodimlar ishga qabul qilish holatlari ko‘p uchramoqda.
Uchinchi holat: Xorijdan jalb qilingan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibi hamda ularga dars taqsimlash masalasida ham aniq normalar mavjud emas.
Toʻrtinchi holat: “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida pedagog xodimlarga darslarni ustuvor ketma-ketlikda taqsimlash masalasi haqida soʻz boradi. 15-bandning 17-xatboshida esa pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilarga ham dars berish mumkinligi aytiladi.
Ammo diplomi tan olinmagan fuqarolarga ish berish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24 -iyuldagi 620-son qarori talablariga zid hisoblanadi. Yaʼni, bu toifadagi pedagog xodimlar bilan qay tartibda mehnat shartnomasi tuzish boʻyicha savollar ochiq qolmoqda. Oʻzi umuman dars taqsimoti maslasida boshqa muammolar ham talaygina.

Beshinchi holat: Dekret taʼtilidan qaytadigan pedagog xodimlarning mehnat foaliyatini tartibga solishda ham chalkashliklar mavjud. Misol uchun, avgust oyida hali dars soatlari taqsimlanib, oʻquv jarayonlari boshlanmagani uchun shu oyda dekret taʼtilidan qaytadigan xodimlarga ish beruvchilar oylik maosh toʻlashdan bosh tortishadi.
Shuningdek, Mehnat kodeksida bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanishi nazarda tutilgan boʻlsada, “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom talabidan kelib chiqib, homiladorlik va tugʻish taʼtili hamda bola parvarishidan qaytgan oʻqituvchilarga nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi. Yaʼni, masalan dekret taʼtiliga chiqb ketayotgan xodim bir stavka miqdorda ishlayotgan boʻlsa, dekret taʼtilidan qaytgach, ularning stavkasi 0.5 stavkaga tushib qolish holatlari kuzatiladi.

Olitinchi holat: Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori 3-ilovasi, 20-bandida oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxati asosida ularga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq boʻlgan qismi boʻsh ish oʻrinlari sifatida qayd etilmasligi belgilangan. Lekin bu qoida deyarli ishlamayapti. Chunki, hududiy mehnat bandlik bo‘limlari ushbu qoidani Aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonunga zid deya, rad etmoqda.
Pedagog xodim kim?
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi katta tizim boʻlishiga qaramay pedagog xodim atamasiga toʻliq taʼrif berilmagan. Taʼrif berilgan, aniqrogʻi normativ hujjatlarda berilgan taʼriflar koʻpchilikni chalkashtiradi. Bu esa oʻz-oʻzidan pedagoglar zarariga ishlashi mumkin.
Pedagog xodim atamasiga dastlab, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda taʼrif berilgan. Ushbu nizomga koʻra, pedagog xodimlar — xalq taʼlimi tashkilotlarida taʼlim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi oʻqituvchi va tarbiyachilar ekanligi qayd etilgan.
Pedagogning maqomi toʻgʻrisidagi Qonunda esa pedagog xodim – taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekanligi aytilgan. Bu juda yaxshi taʼrif aslida.
Ammo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda taʼlim tashkilotlarida ishlovchi pedagog va rahbar xodimlar alohida-alohida toifa sifatida koʻrsatilib, xalq taʼlimi tashkilotlari va ularning tarkibiy boʻlinmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaxassislari rahbar xodim sifatida koʻrsatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda ham rahbar va pedagog kadrlar toifasi alohida ajratib koʻrsatilgan. Unda rahbar kadrlar — umumtaʼlim maktabi direktori va uning oʻrinbosarlari, pedagog kadrlar — umumtaʼlim maktabida faoliyat yuritayotgan barcha oʻqituvchilar ekanligi qayd etilgan.
Garchi, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 263-son qarorida pedagog xodimlar roʻyxati berilgan boʻlsa-da, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda pedagog va rahbar xodimlar ikkita toifaga ajratib qoʻyilgan.
Unda kim pedagog, kim rahbar xodim? Umuman maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida ishlovchi boshqa kadrlar faoliyati ham pedagogik faoliyat bilan bogʻliqmi yoki yoʻq? Pedagog xodim atamasiga nima uchun normativ hujjatlarda turlicha taʼriflar berilaveradi? Bunday noaniq taʼriflar bartaraf qilinmasa, kelajakda pedagoglarga beriladigan imtiyozlar soni koʻpayganida muammolar yuzaga kelmaydimi?
Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori bilan taʼlim muassasalarida “Zakovat” klubi koordinatori vazifasini bajargan pedagoglarga direktor jamgʻarmasi hisobidan bir oylik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab berish nazarda tutilgan.
Ammo “Zakovat” klubi koordinatori vazifasini oʻqituvchi emas balki, maktabdagi rahbar xodimlar bajarsa ularga ustama toʻlab berish berish muammo boʻlib qoldi. Sababi PQ-96-son qarorda “pedagoglarga” jumlasi qoʻllanilgan. Rahbar xodimlar pedagog emasmi degan savol ochiq qolayotgani uchun hozirgi kunda ular bu imtiyozdan foydalana olmayapti.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirilishi belgilandi.
Ammo xalqtaliminfo.uz'ga maʼlumot bergan masʼulning aytishicha, yuqorida tilga olingan taʼlim muassasalari va tashkilotlarda ishlaydigan rahbar xodimlar, psixolog va kutubxonachilarning ham oylik maoshini 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab 15 foizga oshirilishi uchun ular pedagog xodimlar toifasiga kirish yoki kirmasligi boʻyicha “moliyachilar” bilan anchagina tortishuvlar ham boʻlib oʻtgan. Bunday holatlar yana takrorlanmasligiga esa hech kim kafolat berolmaydi.
Undan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilangan. Lekin psixolog pedagog emas degan iddao bilan psixologiya yoʻnalishining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga “Tarbiya” fanidan dars oʻtishga ruxsat berishmaydi.
Mehnat kodeksining 121-moddasida qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklangan boʻlib, Vazirlar Mahkamasining 2024--yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 3-ilovasi 6-bandida barcha oʻquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, oʻqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar bu qoidadan istisno etib belgilangan.
Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori 3-ilovasidagi istisnolarni qoʻllagan holda, maktab direktorining qizi taʼlim muassasasida psixolog lavozimida ishlay oladimi? Pedagog xodimlar toifasiga aniqlik kirtitilmaganligi sababli, bunday masalalarda ham tushunmovchiliklar yuzaga kelib turadi.
Agar kelajakda pedagog xodimlarga nisbatan yana qoʻshimcha imtiyozlar joriy qilinadigan boʻlsa, bunday masalalar yana kun tartibiga koʻtariladi. “Moliyachilar” esa bu pedagog emas, bu esa pedagog degan “xulosalar”ni bera boshlaydi. Aslida, Pedagogning maqomi toʻgʻrisidagi Qonunga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini tasdiqlashi kerak. Ammo haligacha vazirliklar bu roʻyxatni tasdiqlagani yoʻq.
Oʻzi nima uchun biz pedagog xodim atamasiga aniqlik kiritish uchun koʻplab hujjatlarni varaqlab chiqishimiz kerak? Barcha hujjatlarni muvofiqlashtirishning nahotki imkoni yoʻq?
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, normativ hujjatlarda keltirilgan taʼriflarning noaniqligi pedagog va rahbar xodimlar oʻrtasidagi farqni aniqlashni qiyinlashtirmoqda. Shu sababli, pedagog xodimlar atamasiga aniq taʼrif berish, boshqa normativ hujjatlarni Pedagogning maqomi toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiqlashtirish hamda pedagogik faoliyat va u bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini tezroq tasdiqlash zarur.
Chunki, yuqoridagilarning barchasi iqtisodiy masalalarga borib taqaladi. Iqtisodiyot esa mavhumlikni yoqtirmaydi. Shunday ekan, kelgusida biz bu kabi muammolarga duch kelmasligimiz uchun pedagog, pedagog xodim ata,masiga toʻliq va toʻgʻri tarif berish chorasini koʻrishimiz shart.
Toʻgʻri, yuqoridagi atamalarga qonunchilik hujjatlarini koʻzdan kechirib javob topishimiz mumkindir. Ammo pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati mavjud emasligi sababli, birgina pedagog xodim atamasiga javob topish uchun bir qancha hujjatlarni koʻrib chiqishga toʻgʻri kelmoqda.
Biz Taʼlim kodeksini yaratish jarayoni boʻyicha amalga oshirish mexanizmi va bosqichlarining dastlabki hisob-kitobini ham qilib koʻrdik. Har bir bosqich uchun taxminiy muddatlar belgiladik. Albatta, ushbu hisob-kitoblar taxminiy boʻlib, soha mutaxassislari tomonidan qayta koʻrib chiqish va aniqlashtirish talab etiladi.
Xalqaro tajriba qanday?
Taʼlim kodeksi – taʼlim tizimiga oid barcha normativ-huquqiy hujjatlar, meʼyorlar va qoidalarni yagona huquqiy hujjatda tizimlashtirishni maqsad qilgan huquqiy vosita hisoblanadi. Bunday kodekslar taʼlim tizimida barqarorlikni taʼminlash, barcha taʼlim bosqichlari oʻrtasidagi huquqiy aloqalarni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.
Dunyoning koʻplab mamlakatlarida taʼlim kodeksi yoki unga tenglashtirilgan huquqiy hujjatlar qabul qilingan boʻlib, ular taʼlim siyosatining samarali amalga oshirilishida katta rol oʻynaydi. Masalan, Taʼlim kodeksi mavjud mamlakatlar misolida Fransiya va Belorussiya kabi davlatlarni keltirishimiz mumkin.

Fransiyada Taʼlim Kodeksi (“Code de lʼéducation”) dastlab 2000-yil 15-iyulda qabul qilingan boʻlib, ushbu kodeks Fransiyaning taʼlim tizimini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat boʻlib, u maktabgacha taʼlimdan boshlab, oliy taʼlimgacha boʻlgan barcha taʼlim bosqichlarini qamrab oladi. 2000-yilga qadar Fransiyaning taʼlim qonunchiligi 100 dan ortiq hujjatlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, ularning aksariyati XIX asrda qabul qilingan edi. Gʻarbiy Yevropaning boshqa koʻplab mamlakatlari kabi, Fransiyada ham 1960-yillarning oxirigacha taʼlim qonunchiligini shakllantirish jarayoni asosan tarqoq va uyushmagan holatda edi.
Fransiyada oʻsha davrga qadar taʼlim tizimi yoki uning asosiy bosqichlarini boshqaradigan yagona, birlashtiruvchi qonun hujjatlari mavjud boʻlmagan. Yaʼni, taʼlimga oid qonunchilik alohida-alohida hujjatlarga asoslangan, turli qonunlar va qoidalar har bir taʼlim bosqichiga alohida qoʻllanilgan. Bu holat tizimning umumiy barqarorligini va yagona huquqiy asosda ishlashini qiyinlashtirgan. Boshqacha aytganda, barcha bosqichlarni qamrab oladigan yagona huquqiy asosning yoʻqligi taʼlim tizimining barqaror rivojlanishi uchun muayyan toʻsiqlarni vujudga keltirgan.
Vaqt oʻtishi bilan esa Fransiya taʼlim qonunchiligiga yangi normalar qoʻshilib boravergan. Biroq, bu qonunlar tizimli va yagona yondashuv asosida emas, balki alohida sektorlarga moʻljallangan holda qabul qilinavergan. Natijada, qonunchilik tizimi barqaror boʻlmagan, murakkab va tarqoq huquqiy meʼyorlar yigʻindisiga aylanib qolgan. Bu jarayon faqat maʼlum taʼlim sohalariga qaratilganligi bois butun tizimga bir xil yondashuvni taʼminlay olmagan. Shundan soʻng, keyinchalik Fransiya prezidentining 2000-yil 15-iyundagi 2000-549-sonli farmoni bilan Taʼlim kodeksi qabul qilindi.
Belorussiyada “Taʼlim kodeksi” 2010-yil 2-dekabrda qabul qilingan va keyinchalik bir necha bor yangilangan. Ushbu kodeks Belarussiyadagi barcha taʼlim darajalari va turlarini qamrab oladi va davlatning taʼlim siyosatini tizimli ravishda amalga oshirishda asosiy ahamiyatga ega. Kodeksda davlat va xususiy taʼlim muassasalari faoliyati, oʻquvchilar huquqlari, pedagoglar va taʼlim sifati masalalari tartibga solinadi.
Kodeksning qabul qilinishi taʼlim sohasini tizimlashtirish va muvofiqlashtirish jarayonlarini mustahkamlashga qaratilgan. Kodeks jami 297 ta moddadan iborat boʻlib, unda maktabgacha taʼlimdan tortib, oliya taʼlimgacha boʻlgan normalar qayd etilgan. Kodeksning dastlabki qismida taʼlimga oid, kodeksda qoʻllaniladigan asosiy atamalar va ularning taʼriflari keltirilgan. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Belarus Respublikasining Taʼlim kodeksining yangi tahriri kuchga kirdi. Ushbu qonun hujjatiga taʼlim tizimini zamon talablariga moslashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida 200 dan ortiq oʻzgartirishlar kiritildi.
Hozirda kodeks jami 297 ta moddani oʻz ichiga oladi, ulardan 17 tasi butunlay yangi moddalardir. Bu yangi tahrir Belarus taʼlim tizimini modernizatsiya qilish va uni xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarning huquqiy asosidir. Oʻzgartirishlar oʻquv jarayonlarining yaxshilanishi, taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish hamda bolalarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Shu bilan birga, taʼlim jarayonining yanada samarali tashkil etilishi uchun huquqiy bazaning mustahkamlanishi ham taʼminlandi.

Xalqaro tajriba koʻrsatadiki, Taʼlim kodeksi taʼlim tizimini rivojlantirish va islohotlar samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda ham Taʼlim kodeksini joriy etish orqali taʼlimga oid huquqiy meʼyorlarni yaxlit tizimga keltirish, shaffoflikni oshirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishish mumkin.
Umuman olganda hozirgi vaqtda pedagoglarning faoliyati, ularning mehnat shartnomalari, haq toʻlash, malaka oshirish kabi masalalar bir qator alohida hujjatlar orqali tartibga solinmoqda. Bu holat chalkashlik va ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Taʼlim kodeksi ushbu huquqiy normalarni yagona hujjatda birlashtiradi, bu esa muammolarni tizimli ravishda hal qilishga xizmat qiladi. Pedagoglarning huquqlari va majburiyatlari koʻpincha aniq belgilangan boʻlmaganligi sababli, ular mehnat shartnomalarini tuzishda va oʻz huquqlaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi. Kodeks pedagog xodimlarning huquqlarini aniq belgilab beradi va ularga yanada kuchli huquqiy himoyani taʼminlaydi.

Yagona kodeksning mavjudligi pedagog va taʼlim muassasalari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada shaffof qiladi, bu esa taʼlim sifatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, tizimda ortiqcha hujjatlar bilan ishlash zarurati yoʻqoladi. Taʼlim kodeksi Oʻzbekiston taʼlim tizimida huquqiy normalarni yagona hujjatda tizimlashtirish va taʼlim sifatini oshirish uchun zaruriy boʻlgan huquqiy islohotlarni amalga oshirishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
15:57 / 13.12.2024
34 mingta bola nogironligi sabab ta’lim muassasasalariga bormayapti
18:08 / 13.12.2024
Vazir Hilola Umarovaga kambag‘allik yuqori 1 mingta mahallada bog‘cha ochish vazifasi yuklatildi
11:39 / 13.12.2024
2025-yil 1-martgacha to‘garaklar ochilib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlar o‘qitiladi
18:48 / 12.12.2024
Izohingizni tahrirlang