Nihoyat, Ta’lim kodeksini ishlab chiqish reja qilinmoqda
Xabaringiz bor, avvalroq ta’lim sohasida yagona kodeks zarurligi haqida taklif bergandik. Shundan so‘ng, Ta’lim kodeksining zaruriy ahamiyati haqida asosnoma ham e’lon qildik.
Nihoyat, “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” hujjat loyihasida Ta’lim kodeksini ishlab chiqish reja qilinmoqda.
Hujjat loyihasida:
- ta’lim olish sohasini tartibga soladigan qonun va qonunosti hujjatlarining tushuncha va normalarini tizimlashtirish;
- insonning ta’lim olish konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni takomillashtirish;
- pedagoglar maqomini mustahkamlash, qadr-qimmatini himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilish;
- pedagoglarga imtiyozlar yaratish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash;
- ta’lim tashkilotlarida inson huquqi madaniyatiga asoslangan muhitni shakllantirish bo‘yicha ta’lim subyektlari va ota-onalar javobgarligini belgilash nazarda tutiladi.
Ta’lim kodeksini ishlab chiqish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari mas’ul etib belgilanmoqda.
Bunda ta’lim sohasidagi qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi. Shundan so‘ng, ta’lim kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Muhokamadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Bizga “Ta’lim kodeksi” kerak...mi? Batafsil bu yerda o‘qing...
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Ayrim maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshqa binoga ko‘chiriladi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Ta’limga oid hujjatlar vazirlik ‘‘seyfidami’’?
Biz ko‘taradigan muammoning ko‘lami keng, lekin buni vazirlik hali-beri his qilmaydiganga o‘xshaydi. Chunki, tizim katta, vazirlik esa muammolar ildizini mutlaqo boshqa joydan qidirib yurgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.
Yangiliklar
O'zbekistonda Ta'lim kodeksini qabul qilish taklifi berildi
Bu taklifni vazir Hilola Umarova ham qo'llab-quvvatladi
Taklif
Ta’lim kodeksini yaratishning zaruriy ahamiyati nimada?
Hozirda normativ-huquqiy hujjatlarni kodifikatsiya qilish ehtiyoji paydo boʻlmoqda
O'zbek
Izohingizni tahrirlang