O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Savol
3271-sonli nizom bo‘yicha ustuvorlikka ega o‘qituvchilar agar dars soati yetarli bo‘lsa, necha soatgacha dars olishlari mumkin? Maksimal dars soati bu necha soat, aslida?
Javob
Ma’lumki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami: № 3271) muvofiq darslar o‘qituvchilar o‘rtasida belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.
Bunda ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Umuman olganda o‘qituvchida qolganlarga nisbatan yuqori malaka toifasi yoki nizomda nazarda tutilgan boshqa yutuqlar mavjud bo‘lsa, ularga 30 soatgacha dars berish mumkin.
Ammo masalaning ikkinchi tomonini ham hisobga olish zarur
Qonunchilikka ko‘ra, o‘qituvchilarga 1.5 stavkagacha ishlashiga ruxsat beriladi. Ammo, buni ta’lim muassasasidagi boshqa bir o‘qituvchining ishsiz qolishi hisobiga amalga oshirib bo‘lmaydi.
Yutuqlari ko‘proq bo‘lgan o‘qituvchilar “Men 30 soatgacha dars olishim mumkin, boshqa o‘qituvchilarga dars yetmasa ham, direktor menga 30 soat dars berishga majbur. Chunki, dars taqsimoti bo‘yicha nizomda shunday qoidalar nazarda tutilgan”, deyishi tabiiy hol.
Lekin ushbu nizomda ustuvor ketma-ketlik bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga aynan 1.5 stavka (30 soat) dars berilsin, degan jumla mavjud emas. Nizomni e’tibor bilan o‘qib chiqilsa, u yerda ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etilgan.
Maksimal miqdor deganda, aynan 30 soat dars berish nazarda tutilmayapti, ya'ni bu yerda turli xil toifadagi o‘qituvchilar orasida eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga qolgan o‘qituvchilarga nisbatan ko‘proq dars soati ajratilishi mumkinligi haqida gap ketmoqda.
Aytaylik, maktabdagi 6 nafar ingliz tili o‘qituvchilarining ichida bir nafari oliy toifali, bir nafari birinchi toifali, yana bir o‘qituvchi ikkinchi, qolgan 3 nafari esa toifasiz deylik.
Shunda oliy toifali o‘qituvchiga 27 soat, birinchi toifali o‘qituvchiga 25 soat, ikkinchi toifali o‘qituvchiga 22 soat, 3 nafariga esa qolgan dars soatlari teng miqdorda taqsimlansa, eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan o‘qituvchi maksimal miqdordagi dars soati bilan ta’minlangan hisoblanadi.
Maktab direktori malaka toifasi yuqori bo‘lgan barcha o‘qituvchilarni 30 soat dars bilan ta’minlash uchun, ba’zi bir pedagog xodimlarni ishsiz qoldirolmaydi, bunga mehnat qonunchiligi yo‘l qo‘ymaydi.
Chunki, qonunchilikda belgilab qo‘yilgan boshqa qoidalar ham mavjud. Ya’ni, maktab direktori ish beruvchi sifatida boshqa xodimlarning ham mehnat huquqlarini buzmaslikka majbur. Dars taqsimlashda toifasiz o‘qituvchiga dars yetmay qolganligi uchun ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilib bo‘lmaydi.
Albatta, shu o‘rinda malaka toifasi yoki boshqa yutuqlarga ega bo‘lmagan pedagog xodimlar ham malaka toifasini oshirishi va ko‘proq yutuqlarga erishishga harakat qilishi zarur. Bu ko‘proq dars soatlari olish imkonini beradi.
Izohlar 17
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir attestatsiyadan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilarga duch keldi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang