2025-yilda 81 mln nusxada darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘lishi haqida rasmiy bayonot berdi. Bundan avval Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xalqtaliminfo.uz so‘roviga javoban, darsliklar bepul bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumki, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Budjetnoma loyihasida 2025–2026-o‘quv yilidan 2–11-sinflarda bir to‘plam darslik va mashq daftarlari uchun ijara to‘lovi undirish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etilgandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan. Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.
2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat budjetidan qoplash ko‘zda tutilgan.
“2025-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi. Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar
Rossiya darsliklardagi tarixni “yaxshilash” niyatida – O‘zbekiston bunga rozi bo‘lganmi?
Rossiya Maorif vazirligi MDH davlatlaridagi ayrim ta'lim vazirliklari bilan bilan birgalikda tarixiy o‘tmishga yagona yondashuvni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.
So'ragan edingiz
O‘quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?
Mazkur ishlar umumta’lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi
Yangiliklar
Maktab darsliklari bu yil ham tekin bo‘ladi
Bu xabarni vazirlik mulozimi tasdiqladi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang