Top.Mail.Ru
Ustama olish uchun xalqaro GRE sertifikatidan necha ball olish kerak?

Ustama olish uchun xalqaro GRE sertifikatidan necha ball olish kerak?

23:10 / 21.07.2024 3.80k

Savol

Matematika fanidan xalqaro sertifikat GRE dan, men 31-may kuni imtihondan 159 ball oldim, bu ball bilan ustama olish huquqiga ega bo‘lamanmi? GRE sertifikati hozirgi kundagi aniq o‘tish bali necha ball ekanini bilmoqchiman.


Javob

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lab berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.


Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.


Mazkur qo‘shma qarorda ustama olish uchun sertifikatlarning eng kam darajalari belgilangan.


Unga ko‘ra, 50 foizlik ustama olish huquqiga ega bo‘lish uchun xalqaro GRE sertifikatining eng kam darajasi 160 ball bo‘lishi lozim. Ya’ni, 159 ball ustama olish uchun asos bo‘lolmaydi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • ustama
  • Xalqaro sertifikat

Ulashish