Ustama olish uchun xalqaro GRE sertifikatidan necha ball olish kerak?
Savol
Matematika fanidan xalqaro sertifikat GRE dan, men 31-may kuni imtihondan 159 ball oldim, bu ball bilan ustama olish huquqiga ega bo‘lamanmi? GRE sertifikati hozirgi kundagi aniq o‘tish bali necha ball ekanini bilmoqchiman.
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lab berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Mazkur qo‘shma qarorda ustama olish uchun sertifikatlarning eng kam darajalari belgilangan.
Unga ko‘ra, 50 foizlik ustama olish huquqiga ega bo‘lish uchun xalqaro GRE sertifikatining eng kam darajasi 160 ball bo‘lishi lozim. Ya’ni, 159 ball ustama olish uchun asos bo‘lolmaydi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang