Endilikda qaysi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.
Qarorga bilan pedagog xodimlarga umrbod malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinishi belgilandi.
Bunda 2025-yil 1-sentabrga qadar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lashda davom ettiriladi:
- oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;
Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
- oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
Ya’ni, yuqoridagi mezonlarga to‘liq mos keladigan pedagoglar 2025-yil 1-sentyabrga qadar ushbu talablarni bajargan bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi mezonlarga mos kelmaydigan pedagoglar esa keyinchalik oliy malaka toifasiga ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani 15 yil davomida saqlab, uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganda ham, pensiya yoshiga yetganda ham va boshqa hollarda ham har 5 yilda majburiy attestatsiyadan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 41-moddasiga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shu sababli, 2025-yil 1-sentyabrga qadar attestatsiyaga jalb qilinmasligi belgilangan pedagog xodimlar 1-sentyabrdan keyin ham majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
Ma’lumot uchun: Yuqoridagi normalar barcha pedagoglarga amaldagi toifasidan qat’i nazar attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugamasdan avval malaka toifasi (lavozimi) beriladi degan ma’noni anglatmaydi.
Aytaylik, bahor oyida yuqoridagi mezonlarga mos tushadigan pedagog malaka toifasi oldi va iyun oyida uning pedagogik faoliyat bo‘yicha ish stajiga 25 yil to‘ldi, deylik. Ana shu vaziyatda pedagog xodim ushbu malaka toifasini bir umr saqlab qola oladi.
2025-yil 1-sentabrga qadar umrbod malaka toifasini saqlab qolish huquqiga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga ham malaka toifasi muddati tugagan vaqtdagina amaldagi malaka toifasi qayta beriladi va shu malaka toifasi saqlanib qoladi.
Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun “Tanaffus” podkastining navbatdagi sonini tomosha qiling.
Izohlar 14
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Har ikki yilda ayrim o‘qituvchilarga 40 ming dollardan ziyod pul beriladi

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
Mavzuga doir yangiliklar

Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Shu vaqtga qadar ular attestatsiyaga jalb qilinmagandi

Qanday holatda 15 yillik ish stajiga ega o‘qituvchining toifasi umrbod saqlanadi?
Bu haqda Bosh vazirning ko‘rsatmasi mavjud

O‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tolmasa, amaldagi toifasi tushiriladimi?
Pedagoglar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin

Bosh vazir 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar haqida qanday ko‘rsatma bergandi?
Hujjat mazmuni turlicha talqin qilinmoqda.
Shohruh Jovliyev
22:47:55 / 24.04.2025
Oliy toifa olingandan keyin 15 yil himoya qilgan bolishiz kk edi.
Zubayr Nasirov
04:45:15 / 27.03.2025
Nigora Buronova
07:38:06 / 24.03.2025
Assalomu alaykum. Men 2019-yil iyun oyida oliy toifa olganman va 2022-yil 2-avgustga qadar 18 yillik uzluksiz pedagogik stajim bor. Siz attestatsiyadan oʻtishingiz shart emas, bu toifangiz umrbod saqlanadi deyishgani uchun attestatsiyaga topshirmagandim, ammo 2 oydan beri sertifikatingiz muddati tugagan deb menga mutaxassis toifasi boʻyicha maosh toʻlanyapti. Chiqarilgan qaror bekor qilingani yoq-ku. Asosli javob berishingizni soʻrayman.
taxrirlanganShohruh Jovliyev
22:47:53 / 24.04.2025
Nigora Buronova :
Oliy toifa olingandan keyin 15 yil himoya qilgan bolishiz kk edi.
jounior brown
14:51:41 / 25.04.2025
Nigora Buronova :
assalomu alaykum . Men 2022- yil oliy toifa himoya qilganman , 2022 yil 2- avgustga qadar 15 yillik uzluksiz pedagogik stajga edim . yangi qaror boyicha toifa umrbod saqlanadimi
Hurmatoy Rahmanova
11:30:41 / 23.03.2025
2021 -yil malaka toifada oliy toifa oldim .2022 yil 2 -avgustdagi qaror bilan umrbod qolgan edim .Endi yangi qarorda meni toifadan optamanmi
Хилола
18:47:05 / 11.04.2025
Hurmatoy Rahmanova :
Assalomu alaykum,men 1992-yildan buyon pedagog boʻlib faoliyat yuritaman,2021-yil may oyida oliy malaka toifasiga oʻtganman,32 yillik ish stajim bor,2 yildan soʻng yoshga doir nafaqaga chiqaman,sizga savolim,aytingchi,men 2026-yili muddatim kelganda attestatsiyadan oʻtamanmi yoki toifam umrbodlik saqlanib qoladimi?Javob uchun oldindan rahmat.
Iroda Alimova
12:24:08 / 21.04.2025
Хилола :
Ассалому алайкум,мен 2020-йил сентабрда олий тоифага утдим,стажим 31 йил,пенсияга чикишимга 4 йил колди,шахсий кабинетимда сертификат муддатим 31-декабр 2025-йилда экан,мен умрбод олий тоифада колдимми еки кузги аттестатсия да утаианми?
Iroda Alimova
12:29:11 / 21.04.2025
Iroda Alimova :
саволга жавобни кандай билсак булади?
Hurmatoy Rahmanova
11:28:31 / 23.03.2025
ASSALOMU ALAYKUM .MEN 2021 YIL BAHORDA OLIY MALAKA TOIFA OLGANMAN..2022 YIL 2 -SENTABRDA 425-SONLI QAROR BILAN UMRBOD TOIFADA QOLGAN EDIK .Ya'ni normativ huquqiy hujjat orqaga qaytish kuchiga ega emas deb topilib umrbod qolgan edim
Lazzat Jarimbetova
14:09:46 / 14.03.2025
Assalommu alaykum. Men 2022 yili dekabrda oliy kategoriya oldim. Ped stajim 26 yil . Kategoriyamni umrbot qilsam bo' ladi mi
Hurmatoy Rahmanova
11:25:06 / 23.03.2025
Lazzat Jarimbetova :
Assalomu alaykum .Men 2021 yil bahorda oliy toifa oldim .Ish st
Muqaddas
05:43:44 / 12.03.2025
Assalom alaykum. Men 1995-yildan 2025-yilgacha pedagogika faoliyat bilan shug‘ullanaman. 2022-yil mart oyida birinchi toifa olganman. 2025-yil 29-iyunda muddati tugaydi. Men 2027-yil. 7-iynda 50 yoshga to‘laman. Pensiyaga imtiyozli ravishda chiqaman. Shunda toifam saqlanadimi?
taxrirlangan1
JavobSurayyo Rustamova
12:04:47 / 12.03.2025
Muqaddas :
Assalomu alaykum. Men onamni vafoti tufayli direktor nomiga moddiy yordamga ariza yozgandim. Olik moshingizni bir baravari chiqadi diydi direktorimiz. SHu tug‘rimi? Ikki baravari bulmaydimi?
UMIDBEK SHARIPOV
23:41:05 / 22.03.2025
Surayyo Rustamova :
Укитувчи ойлигини ошириш керак,рахбарни эмас.Айтадику,бой хам бойга-Худо хам бойга деб.Укитувчи олсин ун миллионный рахбар эмас.
Izohingizni tahrirlang