Top.Mail.Ru
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin

Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin

11:40 / 11.02.2026 291

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.



Yig‘ilishda viloyat ta’lim sohasida ham respublikada yetakchi hududlardan biri hisoblanishi, oliy ta’lim qamrovi 71 foizni tashkil etgani, o‘tgan yilda 10 ta maktab bitiruvchilari oliygohlarga kirish bo‘yicha 100 foizlik natijaga erishgani qayd etildi.


Shuningdek, mazkur yig‘ilishda yangi o‘quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlarida “Bir maktab – bir IT sinf” tamoyili asosida ixtisoslashgan sinflar ochish taklif etildi. 


Buning uchun viloyatdan 100 nafar o‘qituvchi IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida poytaxtda va xorijda malaka oshiradi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon filialida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishida kunduzgi ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.


Yig‘ilish yakunida prezident bildirilgan reja va takliflarni ma’qullab, ularning ijrosi aholi hayotiga aniq o‘zgarishlar olib kelishi lozimligini ta’kidladi hamda mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Sun’iy intellekt

Ulashish